2024 yilning 20 sentabr kunidan 20 oktyabr kuniga qadar Toşkent şahrida ötkazilayotgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş oyligi doirasida tun-u kun xizmat taşkil etilgan.
Tadbirga jalb qilingan IIO, DXX va MG xodimlarining sa’y-harakatlari bilan giyohvandlik vositalarini yaşiriş yöli bilan (“zakladka”) tarqatuvçi şaxslar uşlanmoqda.
Oktyabr oyining 10 kuni davomida ana şunday noqonuniy faoliyat bilan şuğullanuvçi 32 nafar şaxs uşlangan. Ularning yonidan va yaşirgan joylaridan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar aniqlanib, xolislar iştirokida rasmiylaştirib olingan.
Barça holatlar yuzasidan Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş”) bilan jinoyat işlari qözğatilib, gumon qilinuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan, tergov harakatlari davom etmoqda.
Jinoyat kodeksining 273-moddasiga köra, uşbu jinoyatni sodir etgan şaxsga nisbatan sud tomonidan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi mumkin.











