16 oktyabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Oliy Radada çiqiş qilib, Rossiya-Ukraina uruşi böyiça öz «ğalaba rejasi»ni ilk bor ommaga rasman taqdim etdi. Reja beşta band va ularga uçta ilovadan iborat. Zelenskiyning sözlariga köra, taklif qilinayotgan strategiya uruşdan keyin mamlakat «muskuldor» bölişi uçun Ukraina va uning pozitsiyalarini mustahkamlaşga qaratilgan. Ukraina prezidenti işonç bildirişiça, mamlakat uşbu rejani hamkorlar bilan birgalikda amalga oşira oladi va bu «Rossiyaga boğliq emas». Zelenskiyning sözlariga köra, agar strategiya bandlarini hozirdan amalga oşiriş boşlansa, uruşni 2025 yildan keçiktirmay yakunlaş mumkin. Uning nutqi matni prezident ofisi tomonidan e’lon qilingan.

«Ğalaba rejasi»ning birinçi bandi geosiyosatga aloqador, ikkinçi va uçinçi bandlari harbiy sohaga, törtinçisi — iqtisodiyot, beşinçisi — xavfsizlikka. Zelenskiyning sözlariga köra, «uruşni yakunlaş» uçun dastlabki tört bandni uruş vaqtidayoq amalga oşiriş zarur, beşinçi band esa uruşdan keyingi davrga taalluqli.

Radada rejani taqdim qiliş vaqtida boş vazir Denis Şmigal, mudofaa vaziri Rustem Umerov, Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Oleksandr Sirskiy, Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk hamda mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanov hozir bölişdi.

«Putin quloğini kar qilib olgan, ammo Rossiya tinçlikka majbur bölişi uçun ukrainlar vaziyatni özgartirişi lozim», — degan Zelenskiy çiqişi boşida. Uning sözlariga köra, Rossiyaning birorta ultimatumi ma’noga ega bölmaydi.

Birinçi punkt. Ukrainaning NATOga taklif etilişi

«Rossiya önlab yillar davomida Yevropadagi geosiyosiy noaniqlikdan, aynan aytilsa — Ukraina NATO a’zosi emasligi faktidan foydalanib keldi. Aynan şu omil Rossiyada bizning xavfsizligimizga tajovuz qiliş vasvasasini uyğotdi. Endi Ukrainani NATOga taklif qiliş fakti çindan ham tinçlik uçun asos bölişi mumkin. Biz NATO a’zoligi — hozir emas, kelajak işi ekanini tuşunamiz. Ammo Putin özining geosiyosiy hisob-kitoblari yutqiziqda ekanini körişi kerak. Rossiyaliklar ularning şohi geosiyosiy jihatdan mağlub bölganini his qilişi lozim», — degan Zelenskiy.

Taklif — qat’iyatdan boşqa heç narsa talab qilmaydigan kuçli qaror. Va bugungi kunda taklifning özi NATOning özidan köproq narsani anglatadi. NATO masalasidagi qat’iylik Ukraina uçun yevrointegratsiya muqarrarligi va Ukrainada demokratiyaga muqobil yöqligini ham anglatadi. Aynan şuning uçun ham bu ğalaba rejasining boşlanğiç bandidir. Qat’iylik dalili. Taklif hozirning özida bölişi şart. Bu hamkorlar aslida Ukrainaning xavfsizlik arxitekturasidagi örnini qanday körişiga işonçdir.