Livandagi şialarning «Hizbulloh» guruhi Isroil bilan uruşda yangi bosqiçga ötilayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Al Jazeera.

«Operativ ştab qarama-qarşilikdagi eskalatsiyaning yangi bosqiçiga ötilişini e’lon qiladi», — deya guruh bayonotidan iqtibos keltirgan agentlik.

Eskalatsiyaning yangi fazasi deyilganda nima nazarda tutilayotgani yaqin kunlar içida ma’lum bölişi qöşimça qilingan.

Bu bayonot Isroil mudofaa armiyasi Ğazo sektorida falastinliklarning Hamas guruhi yetakçisi Yahyo Sinvar öldirilgani haqida xabar berişi ortidan yangradi. Livandagi guruh Isroil ötgan yil oktyabridan buyon Ğazoda kuraşib kelayotgan Hamasni qöllaydi. «Hizbulloh» muntazam ravişda Isroil şimolidagi hududlarni öqqa tutadi, şu sababli bu joylar aholisi bölgan minglab kişilar öz uylarini tark etişga majbur bölgan.

Isroil 23 sentabr kuni «Hizbulloh»ga qarşi «Şimol öqlari» nomi bilan amaliyot boşlab, bundan maqsad şimoliy hududlar aholisi öz uylariga xavfsiz qaytişini ta’minlaş ekanini ma’lum qildi. Amaliyot davomida guruh rahbari Hasan Nasrulloh va harakatning boşqa yuqori martabali mulozimlari öldirilgan. 1 oktyabr kuni TsAHAL Livan hududida «çeklangan» quruqlik amaliyoti boşlaganini e’lon qildi, keyinroq bir neça bor amaliyot ötkaziladigan hududlar kengaytirildi.

«Hizbulloh» öz bayonotida çegara va içkari hududlari böylab Isroil qöşinlari ustiga zarbalar soni oşirilganini ma’lum qilgan. Guruh ma’lumotiga köra, Isroil amaliyoti boşlanganidan buyon janglarda TsAHALning kamida 55 jangçisi halok bölib, taxminan 500 ga yaqini yaralangan.

Livan soğliqni saqlaş vazirligiga köra, Isroilning ötgan yil oktyabridan buyon qilgan hujumlari oqibatida halok bölgan livanliklar soni 2,1 ming kişidan ortadi.