Şimoliy koreyalik hakerlar 2017 yildan beri 3 milliard dollarlik kriptovalutalarni öğirlagan. Bu haqda Microsoft kompaniyasining kiberxavfsizlik böyiça 2024 yilgi hisobotida söz boradi. Öğirlangan mablağlar Pxenyan yadroviy dasturlarini moliyalaştirişga yönaltirilgan.

Microsoft hisobotida qayd etilişiça, uşbu mablağlar KXDRning yadroviy qurolni yaratiş borasidagi xarajatlarining yarmidan köpini qoplagan. Şu bilan birga, 2023 yilda 600 milliondan 1 milliard dollargaça mablağ öğirlangan.

Kompaniya ötgan yilning özida bir neçta yangi KXDR guruhlarini aniqlagan. Tahlilçilarning hisoblaşiça, ularning soni oşib borişi Kim Çen In rejimi tovlamaçilik bilan boğliq hakerlik faoliyatida iştirokini kengaytirib borayotganidan dalolat beradi.

Şimoliy Koreyadan taşqari Rossiya, Xitoy va Eron hakerlari ham faol ekani aytilmoqda.

Avvalroq Şimoliy Koreya hakerlari Germaniyaning Diehl Defence mudofaa kompaniyasiga kiberhujumlarni amalga oşirgandi. Ular virusli elektron maktublarni yöllab, xodimlarning kompyuterlariga kirişga uringan.

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining may oyidagi maxfiy hisobotiga köra, taxminan 3,6 milliard dollarlik kriptovaluta öğirlanişi ortida Şimoliy Koreya turgan bölişi mumkin.