1967 yil 6 mart kuni Amerikaning Moskvadagi elçisi Levellin Tompson AQŞ davlat departamenti kotibi Din Raskdan maxfiy telegramma oladi.

Unda Iosif Stalinning qizi Svetlana Alliluyeva Amerikaning Hindistondagi elçixonasiga borgani va AQŞdan siyosiy boşpana söragani xabar qilingandi.

Xabarda Svetlananing Hindistonga kelgan sanasi va bir neça marta urinib AQŞ elçixonasiga kirgani va hokazo tafsilotlar batafsil yozilgandi.

Elçi Tompson davlat kotibiga bu masalada ehtiyotkor bölişni, sovetlar Svetlana öz ixtiyori bilan AQŞ elçixonasiga borganini tan olmasligini va Amerika tomonini ayolni öğirlab ketganlikda ayblaşini yozib yuboradi.

Amalda elçi haq bölib çiqadi. Svetlana Alliluyevaning AQŞdan siyosiy boşpana söragani va okean ortiga yetib borgani ma’lum bölgandan söng sovetlar Amerika maxfiy xizmati xodimlari uni öğirlab ketganini aytib çiqadi.

Biroq öşa paytda AQŞga borib joylaşganiga unça köp bölmagan Svetlana sovetlar yuziga yana bir “tarsaki tuşiradi”.

U “Döstimga yigirmata maktub” nomli asarini çop ettiradi va kitobida nega okean ortiga ötib ketgani şarhlab, SSSRdagi köplab işlarni oşkor qiladi.

Kitob Amerikada bessellerga aylanadi. Xöş, SSSRni çorak asrdan ziyod boşqargan hukmdorning qizi nega Amerikaga qoçib ketgandi?

Hukmdorga aylangan öğri

Jahonning yangi tarixida totalitar tuzum sifatida eslanadigan SSSRni 1922 yildan 1953 yilgaça 31 yil davomida Iosif Stalin boşqaradi.

Bu şaxs Tbilisi yaqinidagi Gori şaharçasida tuğilgan va Çor Rossiyasi davrida imperatorga qarşi bölganlarni mablağ bilan ta’minlaş maqsadida öğriliklar qilib turgan. Hatto qölga tuşib, qamalib ham çiqqandi.

Stalin nafaqat SSSR, balki jahon tarixida eng yovuz va qonxör şaxslar qatorida eslanadi. Axir uning hukmronlik yillarida millionlab odamlar öz uylaridan badarğa qilindi, qamaldi, öldirildi...

Avvaliga “oq gvardiyaçilar”ga qarşi kuraş, kollektivlaştiriş, keyin “mamlakatni yot unsurlardan tozalaş”, Ikkinçi jahon uruşidan söng “imperializm tarafdorlari” kabi ayblovlar bilan millionlab insonlar mahv etilgan.