Turkiyaning 2025 yildagi mudofaa va xavfsizlik ehtiyojlari uçun xarajatlari 47 milliard dollarni taşkil etadi. Bu haqda mamlakat vitse-prezidenti Javdat Yilmaz Anqarada respublika budjeti loyihasini taqdim etiş jarayonida ma’lum qildi.

Hujjatga muvofiq, xarajatlarning katta qismi mamlakat harbiy sanoat majmualari ehtiyojlari uçun möljallagan.

«Mudofaa xarajatlari 913,9 milliard lirani taşkil etadi, içki xavfsizlikni ta’minlaşga esa 694,5 milliard lira ajratiladi. Mudofaa sanoatini qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga ajratilgan mablağlar hisobga olinsa, 2025 yilda mudofaa va xavfsizlik uçun jami xarajatlar 1 trillion 608 milliard lira bölişi közda tutilmoqda», — deydi vitse-prezident.

Yilmazning sözlariga köra, Turkiya budjetining jami xarajatlari 2025 yilda 14,7 trillion lira, daromadlari bölsa 12,8 trillion bölişi kutilmoqda. Budjet defitsiti YaIMga nisbatan 3,1 foizni taşkil etişi prognoz qilingan. TRT Haber ma’lumotlariga köra, budjet loyihasi hozirda parlamentga yuborilgan bölib, u böyiça debatlar dekabrda boşlanadi.

Mudofaa yangiliklariga ixtisoslaşgan SavunmaSanayi portali Turkiyaning 2025 yilgi harbiy budjeti loyihasini rekord körsatkiç deya qayd etdi, 2024 yilda uşbu maqsadlar uçun 40 milliard dollar ajratiş rejalaştirilgan edi.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi davlatlarining mudofaa xarajatlari 300 milliard yevrogaça oşgani, şuningdek, RF 2025 yilda uruş uçun rekord darajadagi 13,5 trillion rubl ajratişi töğrisida xabar berilgandi.