Markaziy bank asosiy stavkani körib çiqiş böyiça 2024 yil 24 oktyabrga belgilangan boşqaruv yiğilişini 31 oktyabrga köçirdi. Regulyator buni iqtisodiy istiqbollar böyiça yangilangan prognozlar va 2024 yil III çoragi böyiça mamlakatning makroiqtisodiy körsatkiçlari oktyabr oyining ikkinçi yarmida e’lon qilinişi, işlab çiqilayotgan makroiqtisodiy tahlil va prognozlarga uşbu yangilangan körsatkiçlar asos bölişi bilan izohladi.

Ammo iqtisodçi Otabek Bakirovning fikriça, buning asosiy sababi inflatsiya bölişi mumkin.

“Isitiş mavsumi arafasida kutilmalar yomonlaşmoqda, xavotirlar kuçaygan. Gaz böyiça ilk oşirilgan tariflarni aholi aynan endi his qila boşlaydi (maydan sentabrgaça bu his qilingani yöq). Şonli energetiklarning antiislohotlari natijasida narxi tinimsiz qimmatlayotgan yoqilği uçun şoxobçalarda navbatlar va taqçillikning ilk belgilari körina boşladi. Ilk kuz yomğiri ta’minotdagi uzilişlar bu yil ham davom etişini körsatdi.

Xullas, yakuniy qaror uçun inflatsiya dinamikasini kuzatişga yana vaqt kerak”, – deb yozdi u.

18 oktyabr kuni “Özbekistonda Xalqaro hamkorlik taşabbuslari haftaligi” doirasida Markaziy bank raisi örinbosari Behzod Hamroyev jurnalistlar bilan suhbatlaşdi. Uning Kun.uz muxbiri savoliga javoban aytişiça, navbatdagi yiğilişda monetar siyosatning oldindagi asosiy yönalişlari va 5 foizlik inflatsiyaga erişiş böyiça target muddati e’lon qilinişi kerak.

“Bir haftadan keyin köramiz, hamma hisob-kitoblarimizni tugataylik. Bu safargi yiğilişda monetar gayd – asosiy yönalişlarimizni e’lon qilişimiz va asosiy targetga qaçon yetişimizni körsatişimiz kerak. Ötgan safar ham jurnalistlar nega asosiy targetga yetiş vaqtini aniq aytmayapsizlar, deb söraşdi. Çunki yilda bir marta körib çiqiladi. Asosiy yönalişda işlayapmiz, 31 oktyabrda aniq böladi”, – dedi u.

MB boşqaruvi a’zosining fikriça, göşt yoki yoqilği narxlarining oşişi u yoki bu segmentda kuzatiladigan vaqtinçalik xatarlar bölib, bozorda taklif köpayişi bilan, muammo hal böladi. Budjet defitsiti, imtiyozli kreditlaş kölami kabi fundamental xatarlar bulardan muhimroq.

“Aytaylik, taklif tomonidan biror uzilişlar, masalan, göşt bilan bölgan holat şu yil iyul oyidan boşlangan bölsa, göştning ulgurji narxlari oşişi bizda avgust oyida körindi. Sizlar bir neça bor muhokama qilgansizlar, yoqilği narxlari, propan-metan narxlarini – bular vaqtinçalik. Qaçondir taklif tomonidan masalasi yeçiladi. Bitta bozorda kamayib qolsa, boşqa bozordan kirib keladi yoki töxtaydi. Muhimi – fundamental xatarlar. Budjet defitsiti bu yil 4 foiz, keyingi yil 3 foiz yoki undan pastroq uşlab turilişi kabi faktorlar asosiysi hisoblanadi. Yoki imtiyozli kreditlarning kamayişi, bozor şartlaridagi kreditlaşga ötilişi… Fundamental faktorlar yeçilişi muhim. Vaqtinçaliklar doim böladi, bittasi çiqadi, yeçiladi, ertaga boşqasi çiqadi”, – deydi regulyator rasmiysi.