O‘zbekiston | 09:40 / 19.10.2024
3078
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziya O‘zbekiston islomiy banking bozoriga birinchilardan bo‘lib kirishi mumkin

O‘zbekiston elchixonasi rahbariyati Malayziyaning Export-Import Bank of Malaysia (Eksimbank) prezidenti va bosh ijrochi direktori Nurbayu binti Kasim Chang bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

Uchrashuvda Malayziya Eksimbanki rahbariyati bilan O‘zbekiston tijorat banklariga moliyaviy resurslarni ajratish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish istiqbollari muhokama qilindi.

Malayziya tomoni bilan O‘zbekistondagi xalqaro reytinglar va standartlarga javob beradigan moliyaviy barqaror bo‘lgan davlat va xususiy banklar bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida fikr almashildi.

Eksimbankning o‘tgan yillar davomida islomiy banking yo‘nalishida erishgan ulkan tajribasini inobatga olib, Malayziya tomoniga O‘zbekiston moliyaviy sektoriga islomiy banking va sug‘urta (takaful) bozoriga birinchilardan bo‘lib kirish taklifi bildirildi.

Eksimbanki prezidenti O‘zbekistonga investitsiya kiritishni rejalashtirayotgan Malayziya kompaniyalari bilan alohida uchrashuv o‘tkazish, har bir kompaniya loyihalarini batafsil tahlil qilgan holda, ularni qulay shartlardagi moliyaviy resurslar bilan ta’minlash masalasini o‘rganib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Mavzuga oid