Ruandada Marburg virusiga çalinganlarning 80 foizini kasallar bilan aloqada bölgan tibbiyot xodimlari taşkil etmoqda. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) hisobotida söz boradi.

Hisobotga köra, mamlakatda 27 sentabrdan beri 62 kişida kasallik qayd etilgan bölib, ularning 15 nafari vafot etgan, qolganlar soğayib ketgan. Şu bilan birga, kasallikka çalinganlarning 80 foizdan ortiğini mamlakat poytaxti Kigalidagi ikkita şifoxonaning tibbiyot xodimlari taşkil etgan.

JSST hamon Marburg virusining Ruandada tarqaliş xavfini «juda yuqori» deb baholamoqda, ammo global xatar darajasi pastligiça qolyapti.

JSST qöllab-quvvatlovi ostida Ruandada Marburg virusi natijasida yuzaga kelgan kasallikka qarşi dori vositalarining birinçi klinik sinovlari boşlangan.

Avvalroq Ruanda Soğliqni saqlaş vazirligi mamlakat hududidagi 30 ta tumandan yettitasida kasallik holatlari aniqlangandan söng mamlakatda uşbu kasallik ilk bor avj olganini tasdiqlagandi.

Marburg virusi gemorragik isitmani keltirib çiqaradi, bu kasallikdan ölim darajasi 88 foizgaça yetişi mumkin. Virus töğridan töğri aloqa natijasida yuqadi. Kasallik belgilari orasida yuqori tana harorati, kuçli boş oğriği va holsizlik, şuningdek iç ketişi, qorin oğriği va köngil aynişi kuzatiladi.

Marburg virusi Ebola virusi bilan bir oilaga mansub. Kasallik öz nomini 1967 yilda Germaniyaning Marburg şahrida yuz bergan epidemiya tufayli olgan. Öşanda Germaniyaning Frankfurt, Serbiyaning Belgrad şahrida ham kasallaniş holatlari qayd etilgan.

Yevropada kasallikning tarqalişi Ugandadan laboratoriya tadqiqotlari uçun keltirilgan Afrika yaşil maymunlari tufayli boşlangan. Laboratoriya xodimlari maymunlarni yorib köriş paytida uni yuqtirib olgan.