Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Tadbirkorlik qömitasi raisi, deputat Bobur Bekmurodov Toşkentda tadbirkorlarga tegişli reklama va peşlavhalarni majburiy demontaj qilişga undaş holatlari böyiça fikr bildirdi.

Uning sözlariga köra, bu tadbirkorlik sub’yektlarining haqli e’tirozlariga sabab bölyapti.

«Albatta, Toşkentning estetik qiyofasi zamonaviy va çiroyli bölişi kerak. Biroq bu jarayon qonun ustuvorligi doirasida amalga oşirilişi lozim. Bu borada quyidagi prinsipial masalalarga e’tibor qaratiş şart deb hisoblayman:

Birinçidan, Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining tegişli qarori rasman e’lon qilingandan uç oy ötgaç kuçga kirişi belgilangan. Biroq majburiy demontaj işlari uşbu qaror qabul qilinmasdan bir neça oy oldin boşlangan edi. Qonun hujjatlarining orqaga qaytiş kuçi yöq. Ilgari örnatilgan va öşa davr talablariga javob bergan peşlavhalarning daxlsizligi huquqiy jihatdan kafolatlanişi lozim.

Ikkinçidan, Davlatimiz rahbari tomonidan biznes uçun yangi majburiyatlarni yuklaşga moratoriy joriy etilgan. Dizayn-kod talablari şaharsozlik qoidalari sifatida talqin qilinsa-da, amalda tadbirkor uçun yangi standartdagi vositalarni sotib oliş — bu qöşimça moliyaviy yuklamadir.

Uçinçidan, har qanday majburlov çorasi, ayniqsa xususiy mulkka oid bölsa, faqatgina qonuniy kuçga kirgan sud qarori asosida bölişi şart. Tadbirkorga «ikki kun içida demontaj qil» deb talab qöyiş — bu ma’muriy buyruqbozlikning körinişidir. Bunday yondaşuv biznes muhitiga va investorlarning işonçiga salbiy ta’sir ötkazadi.

Törtinçidan, rivojlangan davlatlarda dizayn-kod keskin özgargan taqdirda, mahalliy hokimiyat tadbirkorlarga moslaşiş uçun muddat - «ötiş davri» beradi yoki xarajatlarning bir qismini subsidiya hisobidan qoplaydi. Bizda esa barça yuklama faqat tadbirkor zimmasiga tuşmoqda», deb yozdi deputat.

Bobur Bekmurodov mas’ul idoralarni noqonuniy xatti-harakatlarni töxtatişga va qonuniylikni ta’minlaşga çaqirdi.

«Poytaxtimiz estetikasi tadbirkorning «belini sindiriş» evaziga bölmasligi kerak. Şahar ma’muriyati biznes bilan «buyruqbozlik» tilida emas, balki teng huquqli şeriklik va oçiq muloqot asosida işlaşi lozim», deb qöşimça qildi u.

Toşkent şahrida ötgan yildan beri hokimliklar tomonidan noqonuniy taşqi reklama va peşlavhalarga qarşi reydlar ötkazilmoqda. Bannerlar va reklama konstruksiyalari