Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 15 noyabrdan boşlab «Toşkent–Lohur–Toşkent» yönalişida havo qatnovlarini yölga qöyadi. Bu haqda «Dunyo» xabar berdi.

Qayd qilinişiça, Özbekiston va Pokiston şaharlari örtasida yangi yönalişdagi aviaqatnovlarni yölga qöyiş böyiça muzokara davom etmoqda.

– Özbekiston prezidenti taşabbusi bilan pokistonliklar uçun viza rasmiylaştiriş tartibining soddalaştirilgani hamda töğridan-töğri aviaqatnovlarning yölga qöyilayotgani Pokiston jamiyati uçun quvonarli hodisa böldi, – dedi faxriy konsuli Najib Vohra. – Bu Özbekiston yetakçisining mintaqaviy boğliqlikni qayta tiklaş borasidagi siyosati qat’iy va bu jarayon endi ortga qaytmasligidan dalolat beradi. Mintaqalarimiz örtasida qayta tiklanayotgan aloqalarga yangiça mazmun baxş etadi. Işbilarmonlar uçun vaqt eng qimmatbaho ne’mat va qayta tiklanmas resurs hisoblanadi. Biznes doira vakili sifatida işonç bilan ayta olamanki, yölga qöyilayotgan yangi aviamarşrut ikki mamlakat tadbirkorlarining özaro safarlari davomida sarflanadigan vaqtini tejab, aloqalarni jadallaştiradi, yangi qöşma loyihalar uçun yöl oçadi.

Ta’kidlanişiça, qatnovlar pokistonliklar uçun Özbekistonning, jumladan Toşkentning transport va tranzit xabi sifatidagi imkoniyatlaridan keng foydalaniş imkonini beradi.