Senatorlar muhokamasidan ötgan eng muhim hujjatlardan biri elektron tijorat sohasini tartibga solişga qaratilgan qonun böldi. Unga köra, elektron savdo operatorlari iste’molçi oldida subsidiar javobgarlikka ega böladi. Ya’ni sotuvçi xaridorning qonuniy talabini bajara olmasa, mas’uliyat elektron platforma zimmasiga ham yuklanadi. Şuningdek, transçegaraviy elektron tijorat, raqamli mahsulotlar eksport-importi va onlayn tölovlarni tartibga soluvçi yangi normalar joriy etilmoqda.

Yalpi majlisda bolalar va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilişga oid qonun ham ma’qullandi. Hujjat bilan ilk bor «bolaning eng ustun manfaatlari» tuşunçasi qonunçilikda mustahkamlanmoqda. Endi bola bilan boğliq har qanday masalada uning fikrini erkin bildiriş huquqi inobatga olinadi.

Bundan taşqari, tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan ayollar manfaatlarini himoya qiliş vakolatlari kengaytirildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligiga jabrlanuvçilar nomidan sudlarga davlat boji tölamasdan murojaat qiliş huquqi berildi. Zöravonlikdan jabrlanib maxsus markazga joylaştirilgan şaxslarga vaqtinça mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilişi ham nazarda tutilmoqda.

Şuningdek, voyaga yetmaganlar iştirokidagi ma’muriy işlarni körişda pedagog yoki psixologning qatnaşişi majburiy böladi. Sud tizimida esa «rad qiliş» va «özini özi rad etiş» instituti joriy qilinmoqda.

Yalpi majlisda narkojinoyatlarga qarşi javobgarlikni kuçaytirişga oid qonun ham ma’qullandi. Endi ğayriqonuniy narkolaboratoriya taşkil etganlik uçun alohida javobgarlik belgilanadi. Internet orqali giyohvand moddalarni tarğib qiliş yoki tarqatiş oğirlaştiruvçi holat sifatida baholanadi. Ta’lim muassasalari va yotoqxonalarga yaqin hududlarda sodir etilgan narkojinoyatlar uçun jazolar kuçaytirilmoqda.

Sud tizimiga oid yana bir muhim yangilik — fuqarolar va tadbirkorlarga istalgan hududdagi ma’muriy yoki iqtisodiy sudga murojaat qiliş imkonini beruvçi ekstritorial sudlov tartibi joriy etiladi. Şuningdek, davlat organlari mansabdorining sud majlisida iştirok etişi majburiy böladi.

Mahalliy kengaşlar faoliyatiga oid qonun bilan esa «Kengaş soati» instituti joriy etilmoqda. Qonun bilan deputatlar hududdagi dolzarb muammolar yuzasidan mansabdorlarning hisobot va javoblarini eşitişi mumkin böladi. Şuningdek, mahalliy kengaşlarda rais örinbosari lavozimi va Rayosat instituti taşkil etilmoqda.

Bundan taşqari, senatorlar elektron tijorat, raqamli markirovkalaş, madaniy meros, JST talablariga mos fitosanitariya normalari hamda noqonuniy qurilgan köçmas mulk obektlariga bölgan huquqlarni tan oliş tartibini soddalaştirişga oid bir qator qonunlarni ham ma’qulladi.