Polşalik çegaraçilar Yevropa politsiya agentligi hamkorligida migrantlarni Belarus va Rossiyadan YeIga yetkaziş bilan şuğullanib kelgan yirik jinoiy guruh faoliyatiga çek qöydi. Tergov Yevropol nazorati ostida ötkazildi va unda Avstriya, Çexiya, Germaniya, Vengriya, Litva, Polşa, Slovakiya va Ukraina vakillari iştirok etdi.
Qayd etilişiça, operatsiya davomdia 11 nafar gumonlanuvçi, asosan, Polşa, Rossiya va Ukraina fuqarolari qölga olingan. 11 ta obektda tintuvlar ötkazilgan, elektron qurilmalar va 80 ming zlotaga yaqin naqd pullar aşyoviy dalil sifatida olingan.
«A’zolari asosan polyaklari va boşqa davlatlar — Ukraina, Belarus, Rossiya va Gruziya fuqarolari bölgan jinoiy töda faoliyatiga çek qöyildi. Ular kamroq maoş söraydigan YeI fuqarosi bölmagan haydovçilar xizmatidan ham foydalanib kelgan», — deyiladi xabarda.
Jinoiy guruh Afğoniston, Misr, Iroq, Eron va Suriya fuqarolari qonuniy yöllar bilan töğridan-töğri yoki Rossiya orqali Belarusga kelgan. Şundan keyin jinoiy guruh a’zolari ularni Belarus—Polşa çegarasi olib borgan va u yerdan noqonuniy yöllar bilan qöşni davlatga ötkazib yuborgan. Polşa hududiga ötgan migrantlar yengil avtomobillarda YeIning boşqa mamlakatlariga, xususan, Germaniyaga olib borilgan.
Yevropolga köra, uşbu jinoiy tarmoq orqali 600 nafarga yaqin noqonuniy migrang Yevropa Ittifoqi hududiga kiritilgan. Kontrabandaçilar öz xizmati evaziga 5 ming yevro olgan. Şuningdek, migrantlar Polşadagi haydovçilarga oxirgi manzilga yetkazib qöygani uçun yana 500 yevro tölaşi kerak bölgan.
2021 yilning yoz va kuzida Polşa hamda Boltiq davlatlarida migratsiya inqirozi boşlandi — uşbu davlatlar hukumatlarining hisoblanişiça, bu Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko rejimi tomonidan uyuştirilgan. Belarus hukumati pul evaziga Yaqin Şarq davlatlaridagi minglab mingrantlarni Minskka olib kelib, u yerdan esa YeI bilan çegaraga joylaştirgan.












