25 oktyabr kuni Qoraqalpoğistonda Qönğirot–Beyneu avtomobil yölining yangidan qurilgan 240 kilometrlik qismi foydalanişga topşirildi. Toşkentda esa xalqaro aeroport qarşisidagi köprik töliq oçildi. Şu munosabat bilan prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida tantanali tadbir bölib ötdi.
Qönğirot–Beyneu yöli Özbekistonni Yevropa davlatlari bilan boğlaydigan strategik avtomagistraldir. Lekin uzoq yillik qatnovlar, Orolböyining keskin kontinental iqlimi tufayli yaroqsiz ahvolga kelib qolgandi. Şu bois 2021-2024 yillarda 323 million dollarlik loyiha evaziga zamonaviy qilib qayta qurildi.
“Endi mamlakatimiz hududlaridan xalqaro taşuvlar masofasi 1 ming kilometrgaça, transport xarajatlari esa 25 foizgaça kamayadi. Bu yöl yurtimizni Kaspiy va Qora dengiz portlari orqali Yevropa bozorlari bilan işonçli boğlaydigan logistika tarmoğiga aylanadi. Yana bir muhim jihati – “A-380” xalqaro yölagining Özbekistondan ötgan qismida kunlik transport qatnovi 3 karra oşadi”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident matbuot xizmati ta’kidiga köra, yöl jahon standartlariga har tomonlama mos, tekis va ravon. Yangi yöl atrofida 200 dan ziyod savdo-servis obekti va sanoat korxonasi paydo bölişi kutilmoqda. Şuning hisobidan dastlab 2 mingta, kelgusida esa yana 5 mingta iş örni taşkil qilinadi. Şu tariqa, Qoraqalpoğistonda tranzit va boşqa xizmatlar hajmi yiliga 200 mln dollarga, Özbekistonning eksporti esa kamida 300 mln dollarga oşişi uçun zamin yaratiladi.
Uşbu magistral yöl ötadigan Törtköl, Ellikqal’a, Beruniy, Nukus, Xöjayli, Şumanay, Qonliköl, Qoraözak va Qönğirot tumanlaridagi 1 milliondan ziyod aholi hayoti özgaradi.
Prezident mazkur loyihada iştirok etgan quruvçi va işçilarga, Osiyo taraqqiyot bankiga, Turkiya, Ozarbayjon va xitoylik pudratçilarga, Janubiy Koreya va italiyalik konsultantlarga minnatdorlik bildirdi.

“Yöl va köprik qurib, odamlarning uzoğini yaqin, muşkulini oson qiliş eng savobli işlar qatorida turadi”, – dedi davlat rahbari.
Mazkur 240 kilometr yölning ikki tomoni – Qoraqalpoğistonning Qönğirot tumani hamda “Dovud ota” bojxona postida hozir bölganlar teleköprik orqali aloqaga çiqdi. Prezident Şavkat Mirziyoyev mamnuniyat bilan yölning oçilişiga ruxsat berdi, uşbu quvonçli voqea bilan barçani muborakbod etdi.















