Hujjatda qayd etilganidek, quyi böğinda suv ta’minoti taşkilotlari va suvdan foydalanuvçilar örtasidagi özaro munosabatlarni tartibga soliş bilan suv resurslarini boşqariş samaradorligini oşiriş zarur. Paxta xomaşyosi va ğalla yetiştirişda davlat buyurtmasini qonunçilik darajasida bekor qiliş orqali qişloq xöjaligini boşqarişda davlatning rolini yanada kamaytiriş rejalaştirilmoqda.
Xususan, "Suv va suvdan foydalaniş töğrisida"gi qonunga "Suv yetkazib beriş xizmati" davlat muassasalarining vazifalari va vakolatlarini tuzatuvçi, şuningdek qişloq xöjaligi ehtiyojlari uçun suv oliş limitlarini tuman (şahar) xalq deputatlari kengaşlari tasdiqlaşini belgilovçi özgartiş va qöşimçalar kiritildi.
Fermer xöjaliklarining davlat ehtiyojlari uçun mahsulot yetkazib beriş majburiyati va qişloq xöjaligi mahsuloti işlab çiqaruvçilarga suv yetkazib beriş xizmatlari uçun tölovlar bekor qilinadi.
Qonun suv resurslarini samarali boşqariş tizimini joriy etiş, qişloq xöjaligida erkin raqobatni ta’minlaş va mahsulot işlab çiqaruvçilarning manfaatdorligini oşirişga qaratilgan.












