Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova lavozimini tark etib, deputatlikni tanlaganliklari haqidagi xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi. Bu haqda AOKA matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Davlat röyxatidan ötgan OAVda Oliy Majlis qonunçilik palatasiga deputatlikka ÖzLiDePdan nomzodi qöyilgan Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda «Milliy Tiklaniş» partiyasidan nomzod, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovlarning lavozimlaridan ketganliklari va deputatlikni tanlaganlari töğrisida yoritilgan asossiz xabar ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar orqali tarqatilmoqda.
Mazkur xabarlar haqiqatga mos kelmasligini hamda mutasaddi lavozimda bölgan deputatlikka nomzodlar haqida tegişli ma’lumotlar Markaziy saylov komissiyasi yoki partiyalarning rasmiy sahifalarida xabar berilişini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.
Şu kuni Markaziy saylov komissiyasining bir mandatli saylov okrugi hamda yagona saylov okrugi böyiça Qonunçilik palatasiga partiyalar röyxati asosida saylangan deputatlarni röyxatga oliş töğrisida qarori qabul qilindi.
Bir mandatli saylov okruglarida saylangan deputatlar röyxatida vazirlar yöq. Bu esa partiyalar röyxatidagi vazirlar va boşqa rahbarlar mandatidan ixtiyoriy voz keçişganini anglatadi.
Röyxatga köra, beşta partiya raislari – ÖzLiDeP partiyasi raisi Aktam Hayitov, «Milliy tiklaniş» partiyasi raisi Alişer Qodirov, Ekologiya partiyasi raisi Abduşukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasi raisi Uluğbek Inoyatov hamda «Adolat» SDP raisi Robaxon Mahmudova deputat etib saylangan. Şuningdek, Qonunçilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov (XDP), uning örinbosari Akmal Saidov («Milliy tiklaniş»), Narimon Umarov («Adolat»), Boriy Alixanov (Ekopartiya) ham yagona saylov okrugi böyiça deputat etib saylangan.
Ayrim senatorlar deputatlikka ötgan, şuningdek, prezident administratsiyasi xodimlari orasidan ham deputat bölganlar bor. Xususan, Özbekiston prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari Rahimjon Hakimov ÖzLiDep röyxati böyiça Qonunçilik palatasi deputatligiga saylangan.
Saylov yakunlari
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, Xalq deputatlari viloyat va Toşkent şahar, tuman va şahar kengaşlariga saylovlarda jami 15 mln 27 ming 529 nafar saylovçi ovoz berdi. Bu saylovçilar umumiy sonining 74,72 foizini taşkil etadi.












