Yillar davomida tuğilişni qattiq nazorat qilib kelgan Xitoy hukumati endi ayollarni farzand körişga unday boşladi. Hukumat demografik inqirozni şu yöl bilan hal qilmoqçi, deb xabar berdi Radio France Internationale.
Maxsus operatorlar xitoylik ayollarga qönğiroq qilib: “Homiladormisiz?” deb söraşadi. Agar ayol “yöq” deb javob bersa, undan “bu haqda öylab körişni” iltimos qiladi.
Guansi viloyatida yaşovçi 36 yoşli ayol tuğiliş darajasini oşiriş tobora köproq talab qilinayotganini aytdi. Ayol unga homilador yoki yöqligi haqida sörab qönğiroq qilgan sönggi operatorga e’tiroz bildirgan. U operatordan “moddiy yordam bera olasanmi yoki tuğuruq paytida kömaklaşasanmi” deb söragan.
“Agar yordam bera olmasang, bölmağur gaplarni bas qil”, — deya jahl qilgan ayol.
Ketma-ket ikki yil davomida Xitoy aholisining soni kamayib bormoqda. 2023 yilda tuğiliş darajasi eng past körsatkiçga yetdi.
Avvalroq Xitoy xorijliklarga mamlakatdagi bolalarni farzandlikka beriş dasturini töxtatgan edi.
1990 yillar boşidan beri Xitoy ön minglab bolalarni xorijga farzandlikka bergan, ularning qariyb yarmi AQŞga yuborilgan. Bu voqealar “bir bola” siyosati şaroitida yuz berdi. 1979 yildan 2015 yilgaça amal qilgan uşbu siyosat tufayli köplab xitoylik oilalar öz farzandlaridan, ayniqsa qizlardan va nogironligi bölgan çaqaloqlardan voz keçişga majbur bölgan.










