2024 yil oktyabr oyida Xitoyning Uxu shahrida "Kelajak uchun texnologiyalar" shiori ostida Chery 2024 Global innovatsion konferensiyasi (CGIC)ning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Chery kompaniyasi turli texnologik sohalardagi ilg‘or yutuqlarini namoyish etdi va avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini belgilab berdi. Chery intellektual texnologiyalar sohasida yetakchi o‘rinlarni egallash, yangi texnologik ufqlarni o‘zlashtirish va yuksak natijalarga erishishga intilishini e’lon qildi. Foydalanuvchining tajribasini yaxshilashga qaratilgan intellektual avtomobil boshqarish uchun eng yangi yechimlar, shuningdek, yangi energiya manbalari sohasida kompaniya ekotizimini mustahkamlaydigan yangi QPower batareya texnologiyasi namoyish etildi.
Avvalgi Chery Tech Day formatidan farqli o‘laroq, CGIC 2024 konferensiyasi bir kunlik tadbirdan bir haftalik texnologik taqdimotlar va muhokamalarga kengaytirildi. Tadbirda mingdan ortiq mehmonlar, jumladan, davlat tuzilmalari, akademik va professional hamjamiyat vakillari, shuningdek, xalqaro hamkorlar, jumladan, Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori — ADM Global kompaniyalar guruhi ishtirok etdi.

Ochilish marosimida Chery Group direktorlar kengashi raisi In Tunyuye va kompaniyaning boshqa top-menejerlari ishtirok etdi. Rais o‘z nutqida shunday dedi: "Innovatsiyalar — Chery uchun asos va zaruriyat. Biz mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni raqobatbardosh qiladigan innovatsiyalar orqali brendimizni mustahkamlaymiz va uning barqaror rivojlanishini ta’minlaymiz". In intellektual texnologiyalarning o‘sib borayotgan ahamiyatini hisobga olgan holda, kompaniya sohada yetakchi o‘rnini saqlab qolish uchun intellektual yutuqlarga intilib, yangi texnologik ufqlarni tadqiq qilishni davom ettirishini ta’kidladi.

Shuningdek, rais In Chery nafaqat texnologik mukammallikka e’tibor qaratayotganiga, balki Xitoy kompaniyalari o‘rtasida globallashuvning ilk kashfiyotchilaridan biri ekanligiga ham e’tibor qaratdi. Konferensiyaning birinchi kunida Chery kompaniyasining jahon bozori uchun yuqori sifatli, ishonchli va uzoq muddatga chidamli avtomobillarni ishlab chiqarishga qaratilgan global strategiyasi taqdim etildi. Kompaniya mahsulotlarni har bir bozor ehtiyojlariga moslashtirish va turli foydalanish sharoitlarida avtomobillarning ishonchliligini ta’minlash uchun mahalliy sinovlarni o‘tkazish orqali ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirmoqda.
Chery kompaniyasining global strategiyasi bozorga va mijozlarning manfaatlariga yo‘naltirilganlik tamoyillariga asoslanadi, bunda asosiy e’tibor nafaqat texnik ishlanmalarga, balki jarayonlar va xizmatlarni mahalliylashtirishga ham qaratiladi. Chery 2025 yilga kelib turli mamlakatlar va madaniyatlar talablariga moslashtirilgan modellarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Mazkur avtomobillar yuqori sifat standartlariga javob beradi va mahalliy xususiyatlarni hisobiga xaridorlarning turli ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.
















