Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi hamda Xitoy, BAAning jami 6 ta yirik kompaniyasi örtasida qöşma rivojlantiriş şartnomasi imzolandi.

Şu hujjat doirasida Toşkent, Andijon, Samarqand, Qaşqadaryo, Namangan, Farğona, Jizzax, Buxoro viloyatlarida 8 ta çiqindi yoqiş zavodi qurilib, Toşkent viloyatining Ohangaron tumanidagi 1 ta çiqindi poligoni rekultivatsiya qilinadi. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi Kun.uzʼga ma’lum qildi. 

Qayd etilişiça, xorijiy kompaniyalar iştirokida qilinayotgan loyihalarning jami qiymati 1,278 mlrd dollarni taşkil etadi. Bu asosida qattiq maişiy çiqindilarni yoqiş orqali elektr energiyasi işlab çiqarişga möljallangan zavodlar quriladi.

Yiliga 4,7 mln tonnadan ortiq çiqindini yoqiş orqali 2,1 mlrd kVt/soat elektr energiyasi işlab çiqarilişi, poligonlar soni beş barobarga qisqarişi, 97 mln dollarlik elektr energiyasi sotilişi aytilmoqda.

Şuningdek, 152 mln metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinib, 2,4 mln tonna issiqxona gazlari (atrof-muhitga zarar yetkazuvçi zaharli gazlar) kamayişi, 1 200 ta yangi iş örni yaratilişi ta’kidlangan. 

Ma’lumotlarga köra, loyihalar 2025-2027 yillarda amalga oşiriladi, quriliş jarayoni 2025 yil yanvardan boşlanib, zavodlar 2026 yil dekabrda işga tuşirilişi rejalaştirilgan.