Şvetsiya hukumati mamlakatda noqonuniy yaşab kelayotgan fuqarolarga qarşi kuraşni kuçaytiradi. Bu haqda Report naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, hozirda Şvetsiyada istiqomat qilayotgan noqonuniy migrantlar soni 107—185 ming kişini taşkil etadi.

«Şvetsiyada ruxsat olmagan holda 100 mingdan ortiq inson yaşamoqda deyişimizga barça asoslar mavjud», — deydi migratsiya masalalari böyiça vazir Yoxan Forssell.

Hukumat kanselyariyasida bu kabi şaxslar töğrisida ma’lumotlarni töplaş bilan şuğullanuvçi turli davlat idoralari xodimlaridan maxsus komissiya tuzilgan — ular noqonuniy migrantlar töğrisida xabar beradi.

Bunday yondaşuv jamiyatda köplab tanqidlarni yuzaga keltirdi. Köpçilik uşbu taşabbusni «çaqimçilik töğrisidagi qonun» deb atamoqda.

Forssell esa öz navbatida «soyadagi jamiyatda» yaşovçilar, jumladan, bolalar zaif qatlam hisoblanişi, ular turli tahdidlarga duç kelişi mumkinligini ta’kidladi. Boşqa tomondan noqonuniy migrantlarning ayrimlari milliy xavfsizlikka xavf tuğdirişi mumkin.

Bir neça haftadan keyin «xabardor qiliş majburiyati» töğrisidagi masalani örganiş natijalari hukumatga kiritilişi kerak.