Qonunçilik palatasi navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda “Geografik obektlar nomlari töğrisida”gi qonunga qöşimçalar va özgartiş kiritiş haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Qonunçilik palatasi bir guruh deputatlari tomonidan işlab çiqilgan qonun loyihasi maqsadi — mahallalar, şohköçalar, köçalar, maydonlar, boğlar, xiyobonlarga jamoat arboblari, siyosiy arboblar ismi-şarifini berişni tartibga solişdan iborat.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi qabul qilinişi aholi punktlari tarkibiy qismlariga (mahallalar, şohköçalar, köçalar, maydonlar, boğlar, xiyobonlarga) Özbekiston va jahon tarixida çuqur iz qoldirgan şaxslar ismi-şarifini berişda mahalliy aholi fikrini hisobga oliş tartibini belgilaş imkonini beradi. 

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.