Özbek tilidagi "Hammasi Bitta" yoki “Hammasi Birda” ifodasining qisqartmasi bölgan Hambi foydalanuvçining aloqa operatori qanday bölişidan qat’i nazar, barça mobil aloqa foydalanuvçilariga uzluksiz va qulay tajribani tuhfa etadi. Ilova turli xil mahsulot va xizmatlarni öz içiga olgan. Hambi Davo elektron tibbiy maslahat xizmatidan tortib, uçinçi tomon avtomobil suğurtasiga kirişni ta’minlaydigan Hambi Autögaça, superilova foydalanuvçilarga raqamli dökon, sayohat, köngiloçar, televideniye, moliyaviy texnologiyalar (fintex) va öyin funksiyalarini taklif qiladi. Ilova Beeline Uzbekistan mijozlari uçun tariflar, internet-trafik, rouming va boşqa xizmatlarni boşqariş kabi öz-öziga xizmat körsatişning qulay imkoniyatlarini ham taqdim etadi.

Foydalanuvçilar har kuni ilovaga kirib, mobil internet paketlarini olişlari, çegirmalarga va bonuslarga ega bölişlari mumkin. Hambi’dagi sun’iy intellektga asoslangan elementlarning rejadagi integratsiyasi platformada foydalanuvçi tajribasini şaxsiylaştiriş imkonini beradi.

“Superilovalar VEON kompaniyasining “Raqamli Operator 1440” (DO1440) strategiyasining muhim elementi bölib, mijozlarga kuniga 1440 daqiqa davomida raqamli xizmatlardan qulay foydalaniş imkonini beradi. Bizning bozorlarimizda superilovalarimiz öz mijozlari uçun zarur bölgan xizmatlarni, şu jumladan, mahalliy tillarda ilm oliş va mijozlarga xizmat körsatiş kabi funksiyalarda sun’iy intellektga asoslangan yeçimlardan foydalanişni taklif qilmoqda.

Hambi bilan biz Özbekistonning mahalliy superilovasi orqali öz qiymatimizni oşirişdan va “Raqamli Özbekiston-2030” dasturini qöllab-quvvatlaşdan faxrlanamiz”, — deya ta’kidlaydi VEON Group boş direktori Kaan Terzioglu.

Hambi VEON kompaniyasining boşqa bozorlardagi superilovalar qatoriga qöşilmoqda. Bularga Bangladeşdagi MyBL, Pokistondagi Simosa va Qozoğistondagi MyBeeline kiradi. Bu ilovalarning barçasi öz bozorlarida ta’lim, köngiloçar öyinlar, mijozlarga xizmat körsatiş va boşqa imkoniyatlarga raqamli darvoza vazifasini ötaydi. Ular, şu jumladan, köpinça kam resursli tillarda sözlaşuvçi foydalanuvçilar uçun raqamli xizmatlardan foydalaniş imkoniyatini oşirişga qaratilgan sun’iy intellektga asoslangan funksiyalarni öz içiga oladi.

Beeline Uzbekistan jamoasi tomonidan işlab çiqilgan Hambi’ning joriy etilişi Özbekistonda VEON’ning KINOM köngiloçar platformasining işga tuşirilişi bilan boğliq. KINOM telekörsatuvlar va filmlarni, şu jumladan özbek tilidagi kontentni taqdim etadi. Hambi va Kinom VEON’ning Özbekistonda raqamli xizmatlarni rivojlantiriş böyiça doimiy sa’y-harakatlarining ajralmas qismi hisoblanadi.

VEON haqida