Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev Germaniya elçisi Manfred Xuterer bilan uçraşdi.
TIV ma’lumotiga köra, muloqotda Afğonistondagi bugungi vaziyat, xalqaro hamjamiyatning mamlakatda gumanitar inqirozning oldini oliş borasidagi sa’y-harakatlari, şuningdek, Termiz şahridagi xalqaro transport-logistika xabidan Afğonistonga turli gumanitar yordamlarni yetkazib berişda foydalaniş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşildi.
Manfred Xuterer Özbekistonning Afğoniston böyiça mintaqaviy pozitsiyasini mustahkamlaş, şuningdek, mamlakatda uzoq muddatli tinçlik va barqarorlikni örnatiş borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Tomonlar afğon masalalari böyiça ikki tomonlama maslahatlaşuvlarni davom ettirişdan özaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.











