20 noyabr kuni Toşkentda komplayens standartlarini samarali joriy etişga bağişlangan “Hamkoringizni biling: samarali vositalar” nomli xalqaro darajadagi forum bölib ötadi. Forumga kompaniyalar egalari va yuqori boşqaruv xodimlari, şuningdek, qonunçilik va axloq me’yorlariga rioya qiliş böyiça jamoalar taklif etilmoqda. Tadbir taşkilotçisi — VEON guruhiga kiruvçi Beeline Uzbekistan.
Komplayens bölimlarining asosiy vazifasi — taşkilot tomonidan qonunçilik, me’yorlar va standartlarning ehtimoliy buzilişi bilan boğliq xatarlarning oldini olişdan iborat. Bunday bölimlar dunyo yetakçi kompaniyalari, jumladan Özbekistondagi kompaniyalar tarkibiga kiradi. Ular bajaradigan işning ahamiyati nihoyatda yuqori: iş joylaridagi korrupsiya, öğirlik va suiiste’mol holatlari nafaqat moliyaviy jihatdan xavf tuğdiradi, balki obröga jiddiy putur yetkazadi. Şu sababli, bunday tahdidlardan himoyalanişning eng yaxşi tajribalarini almaşiş alohida ahamiyatga ega.
VEON guruhi kompaniyalari komplayens sohasida katta tajribaga ega va axloqiy biznes ğoyalarini ulaşişga intiladi. 2022 yilda Beeline Uzbekistan “Komplayens böyiça biznes” nomli birinçi oçiq forumning taşabbuskori bölgan. 2024 yilning noyabr oyidagi forum uşbu strategiyani davom ettiradi.
“Komplayens — köp qirrali yönaliş bölib, har bir tadbir öziga xos jihatlariga ega. Bu yil biz asosiy e’tiborni hamkorlar bilan munosabatlarga va bu sohadagi xatarlarni kamaytirişga qaratamiz. Xususan, kontragentlarni tekşirişdagi “qizil bayroqlar” haqida söz yuritamiz. Işonçimiz komilki, uşbu ma’lumotlar Özbekiston kompaniyalari vakillariga foydali böladi va öz komplayens dasturlarini rivojlantirişda yordam beradi”, — deydi Beeline Uzbekistan etika va komplayens xizmati rahbari Alina Akçurina.
Forumning asosiy mavzulari — hamkorlarni samarali tekşiriş usullari, AML/CFT çoralari (pul yuviş, terrorizm va ekstremizmni moliyalaştirişning oldini oliş), şuningdek, sanksiya rejimiga rioya qiliş masalalaridir.
Forum işida VEON Group’ning xalqaro ekspertlari: etika va komplayens böyiça direktor Gabriela Guterrez va tergov böyiça boş direktor Sarvat Salauddin iştirok etadi. Ular öz tajribalari bilan örtoqlaşib, xalqaro komplayens amaliyoti haqida sözlab berişadi.
Forum 20 noyabr kuni Toşkentdagi Courtyard by Marriott mehmonxonasida soat 9:30 da boşlanadi. Iştirok etiş bepul.
15 noyabrgaça quyidagi havola orqali röyxatdan ötiş mumkin: https://clck.ru/3EFB8n.
Tadbirga Teams orqali masofadan ham ulaniş mumkin:












