Portlaşlar haqida yolğon tahdidlar tufayli Jorjiya ştatining Fulton okrugidagi ikkita saylov uçastkasi taxminan 30 daqiqaga yopildi. Içkaridagi odamlar evakuatsiya qilingan. Ştat Davlat kotibi, respublikaçi Bred Raffensperger saylov kuni Rossiyaning aralaşuvi haqida e’lon qildi.
«Ular yomon narsalar haqida öylayotganga öxşaydi. Ular bizda silliq, adolatli va töğri saylovlar ötkazişimizni xohlamaydi, va agar ular bizni özaro kuraşga majburlay olsa, buni ğalaba deb hisoblaşlari mumkin», — deya uning sözlaridan iqtibos keltirgan Reuters agentligi.
Öz navbatida, FTB bir qança ştatlardagi saylov uçastkalarida yolğon bomba tahdidlari haqida xabardor ekanini ma’lum qildi. Bu xabarlarning aksariyati Rossiya elektron poçta domenlaridan yuborilgan, deyiladi bayonotda. Birgina Jorjiya ştatida saylov kuni yigirmadan ortiq yolğon bomba tahdidlari kelib tuşdi, ularning aksariyati Fulton okrugida, dedi FTB vakili.
FTB saylov mavzusida soxta videoyozuvlarni aniqladi
Federal tergov byurosi saylov uçastkalarida terrorçilik hujumlari xavfi yuqoriligi sababli idora nomidan masofadan turib ovoz berişga çaqirilganini rad etdi. Internetda e’lon qilingan video FTB logotipiga qaramay, soxta, deya tuşuntirdi agentlik. Video «hozirgi tahdid yoki saylov uçastkalaridagi xavfsizlik holatini töğri aks ettirmaydi», deyiladi Federal tergov byurosi bayonotida.
Idora unga tegişli ekani aytilgan boşqa videoni ham rad etib çiqdi. Yozuvda Arizona, Jorjiya va Pensilvaniya ştatlaridagi beşta qamoqxona rasmiylari siyosiy partiya bilan mahbuslarning ovozlarini soxtalaştiriş maqsadida til biriktirganliklari haqida agentlik soxta press-relizi mavjud.
«FTB faoliyati va tahdidlarni baholaş töğrisida yolğon kontent orqali jamoatçilikni aldaşga urinişlar bizning demokratik jarayonimizga va saylov tizimiga bölgan işonçga putur yetkazişdir», deya ta’kidladi idora.
AQŞ Kongressi taşrif buyuruvçilar markazida öqotar qurolli kişi hibsga olindi
Vaşingtondagi AQŞ Kongressi taşrif buyuruvçilar markazida öqotar qurol uşlab olgan odam qölga olindi. Politsiyaning X ijtimoiy tarmoğidagi ma’lumotlariga köra, u tekşiruv uçun töxtatilgan. Undan yonilği hidi kelgan, qölida fonar va signal beruvçi töpponça bor edi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari işlayotganda taşrif buyuruvçilar markazi yopildi, saylov kuni AQŞ poytaxtida xavfsizlik çoralari sezilarli darajada kuçaytirildi.













