Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritildi.
Unga köra, fuqarolarga tibbiy taşxis qöyiş va ularni davolaş xizmatlarini xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan şuğullaniş huquqiga ega bölmagan şaxs tomonidan körsatganlik, şuningdek, xizmatlarni xalq tabobati yönalişida ruxsat etilmagan usullarni qöllagan holda moddiy qimmatliklar oliş yoki mulkiy manfaatdor böliş evaziga körsatganlik uçun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Mazkur xizmatlarni omma oldida tarğib qilganlik uçun ham ma’muriy javobgarlik örnatiladi.
Şuningdek, xalq tabobati yönalişida ruxsat etilmagan usullarni qöllagan holda fuqarolarga taşxis qöyiş va ularni davolaş xizmatlarini reklama qiliş ham taqiqlanadi.











