Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi tezkor guruh xodimlari tomonidan navbatdagi tungi nazorat reyd tadbiri ötkazildi.

Qorovulbozor tumani hududida olib borilgan reyd davomida Jondor tumanida yaşovçi 4 nafar fuqaro elektr qarmoq yordamida Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 20 dona Turkiston möylovdori hamda 25 dona zoğora baliğini ovlagani aniqlandi. Ular baliqlarni olib ketayotganida tezkor guruh xodimlari tomonidan töxtatildi.

Uşbu huquqbuzarlik natijasida tabiatga 1 mlrd 603 mln 125 ming söm zarar yetkazilgan.

Ma’lumot uçun, Qizil kitobga kiritilgan 20 dona Turkiston möylovdorining har biri uçun 26 million 250 ming söm, jami 525 million söm zarar hisoblangan. 25 dona zoğora baliqning har bir donasi uçun 375 ming söm, jami  9 million 375 ming söm zarar hisoblangan. Baliqlar taqiqlangan elektr qarmoq yordamida ovlanganligi uçun zararlar 3 baravarga köpaytirilgan.

Holat yuzasidan töplangan hujjatlar holatga huquqiy baho beriş va tegişli çora köriş maqsadida prokuratura organlariga taqdim etilgan.