Germaniyada Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSPD), Erkin demokratik partiya (EDP) va «Ittifoq-90/«yaşillar» partiyasidan taşkil topgan hukmron «svetofor koalitsiyasi» parçalandi. Germaniya kansleri Olaf Şols mart oyida muddatidan oldin saylov ötkaziş imkoniyatiga ega böliş uçun 15 yanvar kuni Bundestagda öz hukumatiga işonç masalasini ovozga qöyadi. Bu haqda 6 noyabr, çorşanba kuni keçqurun Şols ma’lum qildi.
Kansler vitse-kansler Robert Habekning Germaniyaning kelajakdagi siyosiy yönalişiga tezkorlik bilan aniqlik kiritiş zarur degan fikrga qöşilganini aytdi. Rojdestvoga qolgan haftalar içida Şols Bundestagda tezkor qabul qilişni talab etuvçi, xususan, sanoatni favqulodda qöllab-quvvatlaş, şuningdek, pensiyalarni barqarorlaştiriş çoralarini körişni talab qiladigan barça qonun loyihalarini ovozga qöyiş niyatida.
Şols moliya vaziri Lindnerni işdan böşatdi
Bundan oldin Şols EDP raisi bölgan moliya vaziri Kristian Lindnerni işdan böşatişini e’lon qildi.
Öşa oqşom Lindnerning özi Şolsni qizil-yaşil-sariq koalitsiyaning qulaşida aybladi. U erkin demokratlar yangi saylovlardan söng boşqa hukumatda Germaniya taqdiri uçun mas’uliyatni öz zimmasiga olişga tayyorligini ta’kidladi.
Koalitsiya böyiça hamkorlar uzoq vaqtdan beri iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy siyosat masalalari böyiça çuqur qarama-qarşiliklarga bölingan, şuning uçun ular Germaniyaning 2025 yilgi budjeti böyiça kelişa olmadilar.
Ötgan hafta oxirida moliya vaziri Kristian Lindnerning Germaniyaning iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy siyosatini tubdan özgartiriş talabi bilan kansler Şolsga yöllagan maktubi oşkor bölgaç, ular örtasidagi mojaro yangi kuç bilan avj oldi. Bu xabar GSPD va «yaşillar» tomonidan keskin tanqidga uçradi, ular erkin demokratlarni mamlakat oldida turgan muammolarga yeçim topiş uçun birgalikda işlaşni istamaslikda va koalitsiyani buziş uçun sabab topişga harakat qilişda aybladilar.
Lindner Bundestagga muddatidan oldin saylov ötkazişni taklif qildi
Hukmron koalitsiyada vakillik qilayotgan partiyalar raislari va ularning parlamentdagi fraksiyalari rahbarlaridan iborat koalitsiya qömitasining 6 noyabr oqşomida federal kansler idorasida bölib ötgan yiğilişida Germaniya moliya vaziri va EDP raisi Kristian Lindner koalitsiya hamkorlarini mamlakatda muddatidan oldin parlament saylovlarini ötkazişga rozi bölişga taklif qildi. Bu holatda, OAV yozganidek, u 2024 yil uçun qöşimça budjetni qabul qilişga tayyor bölardi va parlament saylovlari ötkazilgunga qadar hamda Germaniyaning yangi federal hukumati şakllanmagunça ötiş davridagi vazirlar mahkamasi tarkibida qoladi.











