Yangiyöl tumanida Toşkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi inspektorlari tomonidan ekologik nazorat tadbiri ötkazilgan. Unda tumanning “Xalqabod” MFY Özbekiston köçasida 1 tup köp yillik çinor daraxti tag qismidan kesilgani va yana 1 tup köp yillik çinorga qasddan şikast yetkazilgani aniqlangan.
Ma’lum qilinişiça, huquqbuzarlikni Toşkent şahri Çilonzor tumani Gavhar köçasida yaşovçi fuqaro X.D. sodir etgan. “U “Ösimlik dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida”gi qonunning tegişli moddalari talablarini buzgan va tabiatga 199 million sömdan ortiq zarar yetkazgan”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Ekovazirlik tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgani va holatga huquqiy baho beriş uçun Toşkent viloyati prokuraturasiga yuborilganini ma’lum qilgan.
Eslatib ötamiz, Senatning ellik törtinçi yalpi majlisida 2024 yilning dastlabki 6 oyida Toşkent şahrida daraxtlarning noqonuniy kesilişi bilan boğliq 87 ta holat aniqlangani va tabiatga 817,3 mln söm zarar yetkazilgani ma’lum qilingandi.








