Yaponiyaning eng baland nuqtasi — 3776 metrli Fuji (Fudziyama) toği çöqqisiga birinçi qor yoğdi, deb xabar beradi NBC News. Odatda uşbu toğga qor oktyabr boşlarida yoğar edi, ammo bu safar 130 yildan beri ilk bor çöqqi oy oxiriga qadar qorsiz qoldi.
Sinoptik Yutaka Katsutaning ta’kidlaşiça, 6 noyabr kuni yoğgan qor 1894 yildan beri olib borilayotgan kuzatuvlar davomidagi eng keç sana hisoblanadi. Qorning keçikişiga yoz va sentabr issiq kelgani tufayli sovuq havo massasi tutib qolingani sabab bölgan.
Yevropa kosmik agentligi hatto Fujining qor bilan qoplangan çöqqisining sun’iy yöldoşdan olingan suratini e’lon qildi.
Fujiga qor tuşişining bundan oldingi eng keç sanasi 2016 yilda qayd etilgan — öşa yili 26 oktyabrda toğ çöqqisida qor köringan. Ötgan yili esa birinçi qor 5 oktyabrda yoğgan.
Balandligi 3776 metrni taşkil etadigan, Yaponiya madaniy va diniy hayotida alohida öringa ega bölgan Fuji toği kunçiqar yurt ramzi sifatida tilga olinadi. Bu toğ YuNeSKO Butunjahon tabiiy merosi röyxatiga kiritilgan.
Sayyoradagi eng gözal vulqon toğlaridan biri sanaluvçi, deyarli ideal konus şaklidagi Fudziyamada oxirgi marta bundan 300 yilça oldin vulqon otilgan. Olimlar vulqon yaqin vaqt içida uyğonmasligini işonç bilan ta’kidlaşadi. Fujiga har yili taxminan 200 ming nafar sayyoh keladi, ulardan 30 foizi – xorijliklardir.













