Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko «ekstremistik yönalişdagi» moddalar böyiça qamalgan 31 mahbusni afv etiş böyiça qaror qabul qildi. Bu haqda «Belta» davlat agentligi xabar berdi.
Afv etilganlarning ikki nafari ayollar bölsa, qolgan 29 nafari erkaklardir. «17 nafarida surunkali kasallik bor, uç nafari nogiron, mahkumlarning 27 nafari bolali, ularning 7 nafari — köp farzandli», — deyiladi xabarda.
Afv etilgan siyosiy mahbuslarning ismlari oşkor etilmadi. «Belta»ning qayd etişiça, mahbuslar «sudlanganlik tamğasi olib taşlanmagan holda» ozod etilgan, IIV esa «qonunlarga itoat etişini nazorat qiladi».
Sönggi oylarda Belarusda bir neça bor siyosiy mahbuslar ozod etildi. Xususan, 16 avgust kuni Lukaşenko 30 nafar mahbusni afv etgan bölsa, 4 sentabrda — 30 kişi, 16 sentabrda yana 37 mahkum ozodlikka çiqdi. Lukaşenkoning matbuot xizmati yuqoridagi barça holatlarda afv etilganlar ismini oşkor etmadi.
Oktabr oxirlarida Aleksandr Lukaşenko belaruslik faol Mariya Kolesnikova afv etiş haqida murojaat qilsa, uni afv etiş masalasini körib çiqişga qarşi emasligini aytgandi.








