Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hippo Global xalqaro ingliz tili olimpiadasi mintaqaviy bosqichi Samarqandda o‘tkaziladi
O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Global Hippo uyushmasi prezidenti Daniyeli Piachenti bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘tkazilgan muzokaralarda mazkur uyushma tomonidan 2025 yilda tashkil etiladigan xalqaro ingliz tili olimpiadasining mintaqaviy bosqichini Samarqand shahrida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Hippo English without Borders – bu Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi shafeligida o‘tkaziladigan xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi bo‘lib, asosiy tili ingliz bo‘lmagan 65 ta davlatdan, shu jumladan O‘zbekistondan o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar.
Joriy yilda ushbu olimpiadada 90 mingga yaqin o‘quvchi, shundan 4400 nafar mamlakatimiz yoshlari murosasiz bellashuvlarda qatnashgan. Mazkur tanlov to‘rtta, jumladan, hududiy imtihonlar, mamlakat g‘oliblari, mintaqaviy va dunyo g‘oliblari kabi saralash bosqichlaridan iborat. Imtihonlarning yakuniy bosqichi esa Italiyada o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan mintaqaviy bosqichda Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya va Mo‘g‘uliston davlatlaridan ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:34 / 19.05.2026
Xorijdagi yoshlar uchun xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
18:34 / 17.04.2026
Navoiyda 8 yoshli o‘quvchi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
07:37 / 18.03.2026