KXDR 8 noyabrdan GPSʼlar faoliyatida xalaqit berişni boşlagani tufayli bir qator kemalar va fuqarolik samolyotlari işida uzilişlar kuzatildi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi xabar berdi.
Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi (ŞBBQ) ma’lumotlariga köra, bu turdagi hujumlar Şimoliy Koreyaning Xedju va Keson şaharlaridan amalga oşirilmoqda. Seul Sariq dengizda harakatlanayotgan kemalar va uning ustidan uçib ötayotgan fuqarolik samolyotlarini yuzaga kelgan xavfdan ogohlantirdi. Şu bilan birga Janubiy Koreya tomoniga köra, harbiy texnikalarga heç qanday zarar yetmagan.
ŞBBQ Şimoliy Koreya bunday harakatlari uçun javob berişini ta’kidlab, Pxenyanni provokatsiyani töxtatişga çaqirdi.
KXDR bunday harakatlarni oldin ham sodir etgan — oxirgi marotaba 5 noyabr kuni, undan oldin esa 29 maydan 2 iyunga qadar. ŞBBQ ma’lumotlariga köra, noyabr oyida GPS-signallarga xalaqit beriş holatlari oldingilaridan köra kuçsizroq signallar yordamida amalga oşirilgan.
Iyun oyida Janubiy Koreya KXDR a’zosi hisoblangan uçta xalqaro taşkilot — Xalqaro elektr aloqalari ittifoqi, Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi taşkiloti va Xalqaro dengiz taşkilotiga murojaat qilib, Şimoliy Koreyaning bunday harakatlariga çora körişni söragan edi.
Avvalroq Finlandiya aeroportlari GPS tizimidagi uzilişlar tufayli 1960 yillardagi navigatsiyadan foydalanişga ötgani töğrisida xabar berilgandi. Boltiqböyi mamlakatlari GPS faoliyatidagi nosozliklarda Rossiyani ayblamoqda.








