Pokiston delegatsiyasi taşrif davomida Toşkent şahrida ötkazilgan Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiyaning 9-yiğilişida, şuningdek, Özbekiston-Pokiston biznes-forumida iştirok edi. Unda ikki tomonlama qator kelişuvlarga erişildi.
Şuningdek, "Imtiyozli savdo" bitimi doirasida mahsulotlar röyxatini kengaytiriş böyiça savdo vaziri örinbosarlari darajasida qöşma işçi guruh taşkil etildi. Toşkent şahrida Pokistonning Diners Group kompaniyasi tomonidan Savdo uyini oçiş va kelgusida Lohur şahrida Özbekiston savdo uyini taşkil etiş böyiça taşkiliy masalalar muhokama qilindi.

2025 yil mart oyida Islomobod yoki Lohur şaharlarida Hukumatlararo qöşma komissiyaning 10-yiğilişini, Made in Uzbekistan körgazmasini va biznes-forum ötkaziş istiqbollari körib çiqildi.
Tomonlar transport-logistika, savdo-iqtisodiy, investitsiya yönalişida Özbekiston-Pokiston munosabatlarini yangi bosqiçga olib çiqiş muhimligini ta’kidladilar.

Pokiston tomoni Özbekistonni JSTga a’zo bölişida töliq qöllab-quvvatlaşini bildirdi.












