NASA astronavt Sunita Uilyamsning ahvoli yaxşi ekani va salomatligida heç qanday muammo yöqligini ma’lum qildi. Avvalroq Britaniya va Amerika naşrlari Uilyams “haddan taşqari ozib ketgani” haqida Xalqaro kosmik stansiya bortidan olingan suratlar orqali astronavtning taşqi körinişini örgangan ayrim şifokorlarning fikriga asoslanib xabar bergandi.
NASA bayonotiga köra, 72-ekspeditsiyaning barça a’zolari stansiyada muntazam ravişda rejali tibbiy körikdan ötkaziladi. Ularning soğliği, barça muhim körsatkiçlari doimiy ravişda yerdagi mutaxassislar tomonidan nazorat qilinadi. Köplab miş-mişlarga qaramay, agentlik taşvişlanişga heç qanday asos yöqligini ta’kidladi.
Eslatib ötamiz, 59 yoşli Sunita Uilyams şu yilning 6 iyunida Barri Uilmor bilan birga Boeing Starliner kemasi bortida XKSga yetib bordi. Kema muntazam parvozlarga ruxsat oliş uçun zarur bölgan sinov parvozini amalga oşirdi. Uilyams va Uilmor stansiyada ön kundan köp qolmasligi, şu kemada Yerga qaytişi rejalaştirilgan edi. Ular uzoq muddatli ekspeditsiyaga tayyorgarlik körmagan.
Biroq Starliner kemasi kiçik manyovr dvigatellari bilan boğliq muammolarga duç keldi. Boeing va NASA mutaxassislari bu muammolarni hal qiliş uçun xuddi şunday qurilmalar bilan Yerda sinovlar ötkazdi. Natijada kemani ekipaj bilan birga qaytariş keçiktirildi. Muammolarning bir qismi hal qilinganidan keyin ham agentlik tavakkal qilmaslikka va kemani uçuvçisiz rejimda qaytarişga qaror qildi. Kema sentabrning boşlarida eson-omon yerga qöndi.
Uilyams va Uilmorning missiyasi uzaytirilib, ular XKSdagi Crew-9 ekipajiga qöşildi — şu sababli 2025 yil fevral oyida SpaceX Crew Dragon kemasi yordamida Yerga qaytadi. XKSda ön kun örniga sakkiz oy qolgan astronavtlarning özi bunday parvozga tayyor ekanini ma’lum qilgan. NASA ham ekspeditsiya iştirokçilarining jismoniy holatiga şubha bildirmayapti. Uilyams va Uilmor uçun zarur oziq-ovqat va jihozlar yuk kemasi yordamida yetkazib berildi.
Ma’lumot uçun, hozirda Xalqaro kosmik stansiyada NASA ning törtta astronavti va “Roskosmos”ning uçta kosmonavti faoliyat yuritmoqda.
















