Toşkent şahrida fuqaroni olib qoçib ketib, urib tan jarohati yetkazgan uç nafar şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro uç nafar şaxs tomonidan «samosud» qilingani aks etgan video tarqaldi. Huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan olib borilgan örganişlar davomida ma’lum bölişiça, videoda kaltaklangan yigit «zakladka» yöli orqali giyohvand moddalarni tarqatiş bilan şuğullanib kelgan.

«Biroq u Telegram kanal boşqaruvçisi bergan topşiriqni öz vaqtida bajarmasdan, çuv tuşirişga uringan. Şundan söng, buyurtmaçi uni jazolaş maqsadida odam yollagan. Uning rasmini, qaçon va qayerga boriş haqidagi ma’lumotlarni yetkazib bergan. «Zakladçik» aytilgan manzilga borganida, uni uç nafar noma’lum şaxs kutib olgan va Spark rusumli avtomaşinaga ötqazib, olib ketgan», — deyiladi xabarda.

Jabrlanuvçi sodir bölgan holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilmagan. Mazkur video tarqalganidan keyin Toşkent şahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan «zakladçik»ni kaltaklagan uç nafar şaxs qölga olingan.

«Kurer bölib işlayman, iltimos, militsiyaga topşirmanglar dedi. «Böldi, xöp», deb köçaga olib tuşdim, ikki marta şapaloq tuşirdim. Tayoq bilan qöliga ikki marta urdim», — deydi qölga olingan şaxslardan biri.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi (Odam öğirlaş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, ularga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq oktyabr oyining 10 kuni davomida giyohvandlik vositalarini yaşiriş yöli bilan («zakladka») tarqatuvçi 32 nafar şaxs uşlangani töğrisida xabar berilgandi. Ularning yonidan va yaşirgan joylaridan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar aniqlanib, xolislar iştirokida rasmiylaştirib olingan.