Amazon kompaniyasi özining yetkazib beriş xizmatidagi haydovçi va kurerlar uçun navigatsiya funksiyasiga ega aqlli közoynaklarini yaratiş ustida iş olib bormoqda, deb xabar beradi Reuters.
Qayd etilişiça, Amazonʼning tovarlarni yetkazib beriş borasidagi xarajatlari 8 foizga oşib, joriy yilning uçinçi çoragida 23,5 milliard dollarni taşkil etgan. Kompaniya uşbu ortiqça xarajatlarni qisqartiriş yölini qidirmoqda va aqlli közoynaklar muammoning bir qismini hal etişga yordam berişi mumkin.
Qayd etilişiça, mazkur qurilma haydovçi va kurerlarga kiçik ekran orqali navigatsiya hamda har bir bekatni körsatib boradi. Gadjet yönalişlarni körsatiş bilan birga yöldagi tösiqlar, yetkazib beriş joyida hayvonlar bor-yöqligi kabi ma’lumotlarni yetkazib turadi — bu har bir yetkazib berişda soniyalarni tejaşga xizmat qiladi. AQŞda har kuni millionlab posilkalar yetkazilişi inobatga olinsa, iqtisod qilingan har bir soniya kompaniya logistikasi uçun ketadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartiriş imkonini beradi.
Agentlik manbalariga köra, loyiha hozirda dastlabki bosqiçda va «barçasi özgarib ketişi mumkin». Agar Amazon erişilgan natijadan qanoatlanmasa, loyiha bekor qilinadi yoki muzlatib qöyiladi.
«Biz yetkazib boriş jarayoni haydovçilar uçun xavfsiz va sifatli bölişi uçun muntazam innovatsiyalarni joriy etib kelamiz. Ammo yangi mahsulotlarimiz yöl xaritasiga boğliq savollarga izoh bermaymiz», — deydi Amazon vakili.
Amazon tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga köra, ularning yetkazib beruvçilari bir iş kunida 100 dan ortiq manzilga taşrif buyuradi. Yangi aqlli közoynaklar muomalaga kiritilsa, Amazon öz haydovçilaridan köproq iş talab qilişi mumkin. «Ammo şu yerda boşqa bir masala paydo böladi — minglab haydovçi va kurerlarni qanday qilib uşbu közoynaklardan foydalanişga köndiradi? Ayrim yetkazib beruvçilar qurilmani noqulay va iş jarayonida xalaqit beradi deb hisoblaşi mumkin. Bundan taşqari, ularning aksariyati köriş qobiliyatiga boğliq közoynaklarni şundoq ham taqadi», — deyiladi xabarda.

















