Filippinga «Toraji» töfoni yopirilişi oqibatida 2,5 ming kişi evakuatsiya qilindi va portlar yopildi. Bu mamlakatda bir oy içida kuzatilgan törtinçi töfon hisoblanadi, bundan oldingi tabiiy ofatlar oqibatida 159 kişi halok bölgandi, deb xabar beradi AFP.

Qayd etilişiça, töfon Filippin poytaxti Maniladan 220 kilometr janubi-şarqdagi Dilasag şahri yaqiniga yopirilgan. Milliy meteorologiya agentligi hozirça qurbonlar yoki jarohat olganlar töğrisida xabar bermadi.

Dinalungan şahri fuqarolik mudofaasi boşliği Mervini Pableoning sözlariga köra, sohilda kuçli şamol va suv toşqinlari boşlangan. Daraxtlar qulaşi oqibatida keçadan beri elektr energiyasi ta’minotida uzilişlar kuzatilmoqda.

Ta’kidlanişiça, şamolning maksimal tezligi soatiga 130 kilometrga yetmoqda. Tabiiy ofat şimoli-ğarbiy yönalişda harakatlanib, Janubiy Xitoy dengizi hududiga kirişi prognoz qilingan. Töfon oqibatida ayrim hududlarda maktablar va hukumat muassasalari yopilgan.

Oktyabr oxirlarida Filippinga yopirilgan «Trami» tropik töfoni natijasida yuzaga kelgan suv toşqinlari va köçkilar oqibatida halok bölganlar soni 110 kişiga yetgandi.

Ma’lumot uçun, Filippinda 7 mingga yaqin orollar mavjud bölib, u yerga har yili 20 ga yaqin töfon yopiriladi. «Trampi» 2024 yil boşidan beri kuzatilgan 11-töfon hisoblanadi.