Qozoğistonda yana 525 milliard tenge noqonuniy aktivlar davlat daromadiga aylantirildi. Bu haqda mamlakat hukumati xabar berdi.
Qayd qilinişiça, boş vazir Öljas Bektenov raisligida noqonuniy aktivlarni qaytariş böyiça komissiya yiğilişi bölib ötgan. Uning qaroriga köra, qöşimça 525 milliard tenge (taxminan 1 mlrd dollar) davlat daromadiga aylantirilgan.
Ta’kidlanişiça, «Noqonuniy yöl bilan olingan aktivlarni davlat hisobiga qaytariş töğrisida»gi qonunga köra, uşbu mablağlar maxsus Davlat jamğarmasiga ötkaziladi. Şuningdek, Orqaliq şahrida iqtidorli sportçilar uçun 120 örinli sport majmuasi, Ostonada tayanç-harakat tizimida nuqsoni bölgan bolalar reabilitatsiya markazi, Olmaotada 400 öringa möljallangan alohida ehtiyojli odamlar uçun öquv markazi quriladi.
«Davlat rahbari ta’kidlaganidek, qaytarilgan barça mablağlar qozoğistonliklar manfaati uçun işlaşi kerak. Joriy yil boşidan beri komissiya umumiy qiymati 900 milliard tengedan ortiq aktivlarni qaytariş böyiça kelişuvlarni tasdiqladi. Bu mablağlar hisobidan bir qator ijtimoiy infratuzilma obektlari qurilişi boşlab yuborildi», — dedi Öljas Bektenov.
Ilgari Qozoğiston prezidenti topşiriğiga binoan Oqmöla viloyatining Zerenda qişloğida sport majmuasi, Turkiston viloyati Temirlan qişloğida musiqa maktabi qurilişi uçun maxsus davlat jamğarmasidan mablağ ajratilgan edi.












