Boyning bolasi jinoyat qilsa – şöxlik, kambağalning bolasi şöxlik qilsa – jinoyat. Kun.uz avgust oyida şu naqlni eslab maqola e’lon qilgandi. Unda Namangan viloyat sudi bir xil jinoyat sodir etgan ikki şaxsga ikki xil jazo tayinlagani, oddiy fuqaroni 2,5 yilga qamab, hokimning öğliga ozodlikni çeklaş jazosini bergani haqida söz yuritilgan edi.

Kun.uz'ga berilgan ma’lumotga köra, bir neça oy ötib bölsa-da, adolat qaror topgan.

8 noyabr kuni Uyçi tumanidagi “Jiydakapa baraka çorva” fermer xöjaligi rahbari (Pop tumani hokimining öğli) Ğulom Sultonovning işi Namangan viloyat sudida taftiş instansiyasida körib çiqilgan. Çiqarilgan ajrimga asosan, Sultonovga nisbatan birinçi instansiya sudi çiqargan hukm öz kuçida qoldirilgan. Ya’ni u 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Jinoyat işlari böyiça Uyçi tuman sudi (birinçi instansiya)ning hukmiga köra, fermer Ğulom Sultonov çorvaçilik kompleksi va sutni qayta işlaş sexini oçib, elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanib olgan va 200 mln sömdan ortiq elektr energiyasini yaşirinça talon-toroj qilgan. Bu qilmişi uçun u 2,5 yilga “kesilgan” edi.

Lekin keyinroq, Namangan viloyat sudi apellyatsiya instansiyasi hukmni 3 yillik ozodlikni çeklaş jazosiga almaştirgan. Kun.uz öşa paytda yozganidek, ayni şu sud Jinoyat kodeksining bir xil moddasi bilan ayblangan oddiy fuqaroning apellyatsiya şikoyatini qanoatlantirmasdan, 2,5 yillik qamoqni asliça qoldirgan edi.

Ma’lum bölişiça, Pop tumani hokimining öğliga berilgan jazo yengillaştirilgani masalasida keyinroq viloyat prokuraturasi taftiş tartibida protest kiritgan. Natijada viloyat sudi hay’atining taftiş instansiyasi ajrim çiqarib, apellyatsiya instansiyasining ajrimini bekor qilgan va birinçi instansiya sudining hukmini öz kuçida qoldirgan.

Sultonov sud zalidan qamoqqa olinib, uning 2024 yil 4 iyuldan 2024 yil 7 avgustga qadar qamoqda ötirgan 1 oy 3 kun, ötalgan 2 oy 5 kun ozodlikni çeklaş jazosini tayinlangan jazodan çegirib, ötaş uçun 1 yil-u 8 oy 22 kun ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qoldirilgan.