Britaniyaning The Guardian gazetasi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoğidagi rasmiy sahifalari endi yangilanmasligini e’lon qildi.

«Fikrimizça, X tarmoğida bölişning afzalliklaridan köra, salbiy tomonlari ustun kelmoqda. Resurslardan jurnalistikamizni boşqa joylarda tarğib qiliş uçun yaxşiroq foydalaniş mumkin», deyiladi bayonotda.

Qayd etilişiça, tahririyat qaroriga tarmoqda «xavotirli kontent», jumladan «öng qanot fitna nazariyalari va irqçilik» tarqalişi ta’sir körsatgan.

«AQŞ prezidentligi uçun saylov kampaniyasi biz uzoq vaqtdan beri taxmin qilgan narsani ta’kidladi: X - zaharli media platformasi bölib, uning egasi Ilon Mask öz ta’siridan siyosiy fikrni şakllantiriş uçun foydalana oldi», deyiladi bayonotda.

Tahririyat öz öquvçilariga xabarlar va ma’lumotlarni The Guardian veb-saytidan olişni tavsiya qildi.

«Biznes modelimiz ijtimoiy media gigantlari algoritmlarining injiqliklariga moslaştirilgan virusli kontentga tayanmaydi - buning örniga biz töğridan-töğri öquvçilarimiz tomonidan moliyalaştirilamiz», deyiladi bayonotda.

Amerikalik milliarder Ilon Mask Twitter platformasini 2022 yil oktyabr oyida sotib oldi. Keyinçalik, u nomaqbul kontent, xususan, irqçilik mazmunidagi postlarning tarqalişiga tösqinlik qilmaslikda bir neça bor ayblandi. 2023 yil noyabr oyida Media Matters for America nodavlat notijorat taşkiloti öz hisobotini e’lon qildi, unga köra X ijtimoiy tarmoğidagi Apple, IBM va Oracle reklamalari natsizm va Adolf Hitlerni madh etuvçi kontent yonida körsatilgan. Şundan söng, uşbu kompaniyalar tarmoqda reklama joylaştirişdan boş tortdi.

Mask öz platformasini boykot qilgan reklama beruvçilarga özini şantaj qilişga yöl qöymasligini aytdi. Mask Twitter’ni sotib olganidan bir yil ötgaç, ijtimoiy tarmoq eng yirik reklama beruvçilarining yarmini yöqotdi.

Bu yilgi AQŞ prezidentlik kampaniyasi davomida Mask Respublikaçilar partiyasidan nomzod Donald Trampni qöllab-quvvatladi. Keyinçalik, saylovda ğalaba qozongan Tramp yangi hukumatga Ilon Maskni taklif qilmoqçi ekani ma’lum böldi.