Barça turdagi suğurta şartnomalari (qayta suğurtalaş) va suğurta polislarini Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali majburiy röyxatdan ötkaziş joriy etilmoqda.
Barça turdagi suğurta polislarini qoğoz şaklida rasmiylaştiriş bekor qilinişi munosabati bilan elektron şaklda suğurta xizmatlarini körsatiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi: Yagona axborot tizimi orqali barça turdagi suğurta şartnomalarini röyxatdan ötkaziş va suğurta polislarini rasmiylaştiriş tartibi; suğurtalovçilar tomonidan Yagona axborot tizimidan foydalaniş talablari va şartlari, şuningdek Moliya vazirligi huzuridagi Suğurta bozorini rivojlantiriş agentligining körsatmalariga muvofiq huquqbuzarliklarni bartaraf etiş davrida undan foydalanişni töliq yoki qisman töxtatib turiş va boşqalar.
Yangi tartib suğurta mukofotlarini hisoblaşni avtomatlaştiriş orqali majburiy suğurta şartnomalarini tuziş jarayonlarini soddalaştiradi, suğurtalovçini tanlaş huquqi bilan şartnomalarni elektron şaklda majburiy tuziş imkoniyatini ta’minlaydi, şuningdek suğurta da’volarini tartibga solişni nazarda tutadi.
Agar suğurta polislari Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali rasmiylaştirilmagan bölsa, ular haqiqiy emas deb hisoblanadi va bu suğurtalovçining litsenziya talablari va şartlarining bir martalik qöpol buzilişi deb e’tirof etiladi.












