Filippin şimoli-şarqiga «Usagi» töfoni yopirildi — bu oxirgi uç haftada kuzatilgan beşinçi tabiiy ofatdir, deb xabar beradi Associated Press.

Qayd etilişiça, töfon Filippin arxipelagidagi eng yirik orol hisoblanuvçi Lusonda joylaşgan Kagayan provinsiyasiga yetib kelgan. Töfon zonasida şamol tezligi soniyasiga 49 metrga, uning markazida esa 66 metr/soniyaga yetgan.

Meteorologlar suv toşqinlari va köçkilardan ogohlantirmoqda. Sohil böyidagi hududlarga yopiriladigan tölqinlar balandligi 3 metrga yetişi mumkin.

Avvalroq hukumat 20 mingdan ortiq aholini evakuatsiya qilgandi. Prognozlarga köra, töfon şimoli-ğarbiy yönalişda harakatini davom etirib, Tayvanga qadar yetib boradi.

«Usagi» Filippinda oxirgi uç haftada kuzatilgan beşinçi töfondir. Bundan oldin «Toraji» töfoni yopirilişi oqibatida 2,5 ming kişi evakuatsiya qilingan va portlar yopilgan edi. Oktyabr oxirlarida Filippinga yopirilgan «Trami» tropik töfoni natijasida yuzaga kelgan suv toşqinlari va köçkilar oqibatida halok bölganlar soni 110 kişiga yetgandi.

Hukumat millionlab odamlar öz uylarini tark etişga majbur bölgan va qişloq xöjaligi maydonlarini vayron qilgan oxirgi törtta töfon oqibatlarini bartaraf etişda qiynalmoqda. Ijtimoiy ta’minot vazirining yordamçisi Iren Dumlaoning sözlariga köra, prezident Ferdinand Markos administratsiyasi töfondan jabr körgan yuz minglab fuqarolarni oziq-ovqat bilan ta’minlaşga 17 million dollar sarflagan.