Anapada talaba Sanoat texnikumi hollida öt oçdi. U ikki stvolli (qöşoğiz) miltiqdan 13 bor öq uzgan, deb xabar berdi Rossiyadagi kuçişlatar tuzilmalarga yaqin bölgan telegram-kanallar. Qurol talabaning qarindoşlaridan biriniki bölgan. Hujum qilgan şaxs qölga olingan, u hodisadan keyin qölini kötardi va politsiyaga taslim böldi, deb xabar berdi «ÇP Anapa» telegram-kanali. Tergov qömitasi holat yuzasidan jinoiy iş oçilganini ma’lum qildi.

Texnikum qöriqçisi öldirilgan. Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratev qöriqçi «zarbani öziga qabul qilib, zudlik bilan harakat qilgani va huquq-tartibot organlarini çaqirgani» hamda hujum qilgan şaxsni texnikumga kiritmaganini ma’lum qilgan. Yana ikki kişi örtaça oğirlikda jarohat olgan.

Texnikumga 17 yoşli ösmir hujum uyuştirgan. Kuçişlatar tuzilmalarga yaqin bölgan telegram-kanallar yozişiça, u Ilya O. bölib, uning familiyasi oçiqlanmayapti. «Ostorojno, novosti» ma’lumotiga köra, Ilya 2025 yilda ijtimoiy tarmoqlarda öquv muassasalariga qilingan hujumlar bilan boğliq kontentlarni joylaşni boşlagan. Bir neça kun muqaddam u tiktokdagi sahifasi tavsifidagi yozuvni «Gunohi yöq odam bölmaydi» sözlariga özgartirib qöygan.

Yozişmalariga qaraganda, uşbu ösmir texnikumga hujumni kamida 7 yanvardan buyon rejalaştirib kelgan, deb yozadi «Ostorojno, novosti». Avvaliga Ilya hujumni 20 fevral kuni amalga oşirmoqçi bölgan. U otişmani göyoki pora berganiga qaramay, öziga diplom berilmagani tufayli uyuştirgani haqidagi versiya ham bor. Bu haqda «ÇP Anapa» telegram-kanali talabalardan biriga tayanib xabar bergan. Bu ma’lumot tasdiğini topmagan.

Hujumdan bir neça oy oldin – 2025 yil avgustida – texnikumda aksilterror maşğulotlar ötkazilgandi, deb xabar beradi «Agenstvo». Texnikum maşğulotlar «muvaffaqiyatli ötgani», kollektiv «favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda qanday harakatlaniş böyiça yuqori tayyorgarlik» namoyiş etgani haqida hisobot e’lon qilgan.