O‘zbekiston | 14:06
1891
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston elchisi Pokistondagi Naqshbandiya tariqati yetakchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistondagi Naqshbandiya tariqati yetakchisi shayx Muhammad Naqib ur-Rehman bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Shayx Muhammad Naqib ur-Rehman bundan bir necha yil oldin O‘zbekistonga qilgan safari esga oldi

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonning ziyorat turizmi imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Pokiston vakillarining muqaddas qadamjolarga safarini tashkil etishning muhimligi ta’kidlandi.

"Hech shubhasiz, O‘zbekistonning ziyorat turizm yo‘nalishidagi imkoniyatlari cheksiz. Mamlakatingizda joylashgan muqaddas qadamjolar va tarixiy obidalarni dunyoning hech bir burchagidan topa olmaysiz. Xususan, Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasi va Buxoro viloyatidagi "Yetti pir" majmualari kabi manzilgohlar nafaqat Pokiston, balki butun dunyo musulmonlari uchun aziz manzillar hisoblanadi. Imom Buxoriyning islom taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini ortiqcha ta’riflashga hojat yo‘q. U Islom ilmining eng ulug‘ ulamosidir. Shunday ekan, bu ulkan salohiyatni to‘liq ishga solish, ta’bir joiz bo‘lsa, O‘zbekistonning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish lozim", – dedi Muhammad Naqib ur-Rehman .

Mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikning istiqbollari va kelgusi rejalarni muhokama qilish uchun pokistonlik ulamolardan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga safarini ishlab chiqish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga ahdlashib olindi.

Uchrashuvda ulamoning o‘g‘li, O‘zbekistonning Pokistondagi ziyorat turizmi bo‘yicha elchisi Shayx Muhammad Hasan Hasib ur-Rahmon ham ishtirok etdi.

Mavzuga oid