Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Pokiston hududlararo forumini tashkil etish rejalashtirilyapti
Mamlakat elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston hukumatining O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun mas’ul vakili, bosh vazir sanoat masalalari bo‘yicha maxsus yordamchisi, sanoat va ishlab chiqarish vaziri Xarun Axtar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida, joriy yil fevral oyida Toshkentda o‘tkazilgan oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha tomonlar o‘rtasida ishonchli va tizimli muloqot yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Mutasaddi vazirliklar o‘rtasida barcha sohalarni qamrab oluvchi "yo‘l xaritasi"ni imzolashning muhimligi, unda iqtisodiy diplomatiyaga alohida e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlandi.
Transafg‘on temir yo‘li nafaqat ikki mamlakat, balki Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, strategik sohalardagi mintaqaviy bog‘liqlik loyihalarini izchil amalga oshirish imkonini berishi e’tirof etildi.
Uchrashuvda, shuningdek, davlat xaridlari sohasida aloqalarni rivojlantirish, elektron tijorat yo‘nalishida onlayn-savdo platformalarini birgalikda ishlab chiqish, ikki mamlakat hududlaridagi erkin iqtisodiy zonalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish shartlari yuzasidan ham fikr almashildi.
Bundan tashqari, imtiyozli savdo doirasida tovarlar nomenklaturasini oshirish, O‘zbekiston-Pokiston hududlararo forumini o‘tkazish, banklararo hamkorlik yo‘nalishida amaliy choralarni ko‘rish kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar barcha kelishuvlarning amaliy ijrosini ta’minlash, strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va o‘zaro manfaatli loyihalarni ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlarni izchil davom ettirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
17:37 / 13.06.2026
16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026