Human Righs Watch (HRW) inson huquqlari taşkiloti hisoboti e’lon qilindi, unda Isroil Ğazo sektoridagi falastinliklarning ommaviy köçirilişi, şuningdek, uruş jinoyatlari va insoniyatga qarşi jinoyatlar uçun mas’ul ekani ta’kidlanadi.
Hisobot Isroil 2023 yil 7 oktyabrdagi hujumga javoban Ğazodagi Falastin qurolli guruhlariga qarşi harbiy hujum boşlagan davrni qamrab oladi. Huquq himoyaçilari BMT ma’lumotlariga tayanib, 2024 yil oktyabr holatiga köra, Ğazo sektorida 2,2 million aholidan 1,9 million kişi uy-joyini taşlab ketganini ta’kidlamoqda. HRW tadqiqot uçun 39 nafar falastinlik bilan suhbat ötkazdi, şuningdek, Isroilning evakuatsiya böyiça buyruqlari va Ğazo sektoridagi vayronagarçilikni hujjatlaştirgan sun’iy yöldoş tasvirlarini örganib çiqdi.
Huquq himoyaçilarining xulosasiga köra, köçiriliş böyiça köplab harakatlar qasddan amalga oşirilgan, bu uruş jinoyatlariga teng. Hisobotda, şuningdek, Isroil hukumati tomonidan majburiy köçiriş harakatlari keng tarqalgan va tizimli ekanligi haqida xulosa qilingan. Qömondonlik mas’uliyati bölgan yuqori martabali amaldorlarning bayonotlari şuni körsatadiki, majburiy köçiriş Isroil davlat siyosatining bir qismidir va şuning uçun insoniyatga qarşi jinoyat hisoblanadi.
Human Righs Watch taşkilotiga köra, Isroil aholini köçiriş uçun yetarli harbiy sabablarga ega emas edi. Evakuatsiya böyiça buyruqlar nomuvofiq va noaniq bölib, köpinça yetarli vaqt berilmas yoki tinç aholiga umuman yetib bormasdi. Evakuatsiya Ğazo aholisiga yangi joyga köçib ötganidan keyin xavfsizlikni kafolat bermagan, köpinça qörquv va sarosimaga sabab bölgan, deyiladi hisobotda.
Belgilangan evakuatsiya yöllari va xavfsiz hududlar Isroil harbiylari tomonidan bir neça bor hujumga uçragan. Huquq himoyaçilarining ta’kidlaşiça, Isroil oziq-ovqat, suv, sanitariya va soğliqni saqlaş xizmatlaridan foydalanişni ta’minlaş uçun asosiy kafolatlarni amalga oşiriş böyiça öz majburiyatlarini bajariş örniga, ularni töxtatiş yoki gumanitar yordamni keskin çeklaş çoralarini kördi.
Hisobotda aytilişiça, Isroil Ğazo sektoridagi uy-joy va fuqarolik infratuzilmasiga katta zarar yetkazgan, bu köplab odamlarni doimiy ravişda boşqa joyga köçiriş niyatidan dalolat beradi. HRW boşqa davlatlarni Isroilning harakatlarini qoralaşga, jinoyatlarga aloqador şaxslarga nisbatan sanksiyalar qöllaşga va Isroil armiyasiga qurol yetkazib berişni töxtatişga çaqirdi.
Isroil bu ayblovlarni rad etdi. Isroil armiyasi uşbu hisobot «ba’zi hayratlanarli notöğri ma’lumotlarni» aks ettirganini ta’kidladi va HRW «uzoq vaqtdan beri aksilisroil siyosatni qöllayotganini» ta’kidladi.











