2014 yildan beri dunyoda çuçuk suv zaxiralari keskin kamaydi, deyiladi xalqaro olimlar guruhi hisobotida.
Tadqiqotçilar 2015 yildan 2023 yilgaça bölgan orbital kuzatuv ma’lumotlarini tahlil qilişdi. NASA sun’iy yöldoşlari tomonidan töplangan ma’lumotlar şuni körsatdiki, çuçuk suv, jumladan, daryolar, köllar va yer osti buloqlari 2002-2014 yillardagidan 1200 kub kilometrga kam.
Olimlarning fikriça, global çuçuk suv zaxiralarining qisqarişi Braziliyada keng tarqalgan qurğoqçilikdan boşlangan, söngra Osiyo, Avstraliya, Janubiy Amerika, Şimoliy Amerika, Yevropa va Afrikada bir qator katta qurğoqçiliklar kuzatilgan.
Qayd etilişiça, tropik Tinç okeanida suv haroratining kötarilişi atmosfera reaktiv oqimlarining özgarişiga sabab bölgan, buning oqibatida butun dunyo böylab yoğingarçilik şakllari özgargan – ular endi toza suv zaxiralarini töldiriş uçun yetarli emas.
Olimlarning ta’kidlaşiça, kuçli yoğingarçiliklar orasidagi uzoq tanaffuslar tuproqning qurib, qattiqlaşişiga olib keladi. Bu yoğingarçilik paytida yerga söriladigan suv miqdorini kamaytiradi.
Ta’kidlanişiça, global isiş Yerdagi çuçuk suvning yanada kamayişiga sabab böladi.











