Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar va Telegram’dagi guruh va kanallar orqali ovqatga qöşiladigan biologik faol qöşimçalar, malhamlar, surtmalar, balzamlar, damlamalar va suvlarni oğir kasalliklarning oldini olişda eng maqbul va samarali vosita körinişida tarğibot qiliş kuçaygan. Bu böyiça Raqobat qömitasi ogohlantiriş bilan çiqdi.

Bunda uşbu mahsulotlarning «ming bir xastalikka davo» sifatida, «möjizakor» ta’siri haqida iste’molçilarni çalğitadigan yolğon yoki noaniq, börttiruvçi iboralar asosida reklama qilinişi, taniqli şaxslar va jamoat arboblari tomonidan tavsiya qilinişi, davolaşda foydalanganliklari, ta’sir doirasi va terapevtik samaradorligi haqida fikrlar bildirilişi iste’molçilarning rejali (an’anaviy) davolaşdan voz keçib, öz-özini davolaş usullarini keng qöllaşiga, hattoki fojiali holatlarga sabab bölmoqda.

«Ayniqsa, reklama lavhalarida fuqarolarning diniy tuyğularidan foydalangan holda dalil sifatida diniy blogerlarning suratlari, ular iştirokidagi video va audio lavhalardan foydalanilib (muayyan bir savdo belgisi aniq gapirilmagan bölsa-da), davolaş uçun tavsiyalar va körsatmalar beriş orqali iste’molçilarda mahsulotlarga nisbatan işonçning sun’iy ravişda oşirilişiga va pirovardida notöğri xulosa çiqarilişiga olib kelmoqda.

Açinarlisi, bunday mahsulotlarning diniy blogerlar tomonidan bevosita reklama qilinişi iste’molçilarni çalğitib, ularda uşbu mahsulotlarning dori vositasi va davolaş xususiyatiga ega ekanligi haqida yangliş fikrlar şakllanişiga hamda ularni iste’mol qilinişiga undamoqda», deyiladi qömita xabarida.

Qayd etilişiça, Raqobat qömitasiga reklamalarga işonib, aynan şu kabi mahsulotlarni sotib olgan, biroq ularning iste’moli natijasida soğligi yanada yomonlaşganligi töğrisida köplab murojaatlar kelib tuşgan. Jumladan, joriy yilning ötgan davrida BFQlar böyiça mingtaga yaqin murojaatlar körib çiqilib, iste’molçilarga 118 mln söm moddiy zararlar qoplanişi ta’minlangan.

 Ma’lumot uçun: «Reklama töğrisida»gi qonunning 35-moddasida ovqatga qöşiladigan biologik faol qöşimçalarning va oziq-ovqat qöşimçalarining reklamasiga doir talablar belgilangan:

  • ular dori vositalari hisoblanadi va (yoki) davolaş xossalariga ega degan taassurotni uyğotmasligi;
  • ularni qöllaş natijasida odamlar davolanganligi, ularning ahvoli yaxşilanganligiga doir muayyan hollarga havolalarni öz içiga olmasligi;
  • ularning qöllanganligi munosabati bilan jismoniy şaxslar tomonidan bildirilgan minnatdorçilik izhorini öz içiga olmasligi; soğlom ovqatlanişni rad etişga undamasligi;