Imzolaş marosimi Qatarning Doha şahrida M360 MENA 2024 doirasida bölib ötdi.

Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov, GSMA boş direktori Mats Granrid, Beeline Uzbekistan va VEON Group boş direktori Kaan Terzioglu hamda Beeline Uzbekistan boş direktori Andrey Pyataxin Qatarning Doha şahrida M360 Eurasia 2025 uçun memorandum imzoladilar.
GSMA tomonidan taqdim etilgan M360 mintaqaviy mobil ekotizimni birlaştiradigan bir qator global tadbirlarni mujassam etadi. Tadbir ijobiy işbilarmonlik muhiti va jamiyat özgarişi uçun asos bölib xizmat qiladigan innovatsiyalarni kaşf qiliş, işlab çiqiş va taqdim etişga qaratilgan.

"Biz M360 Yevroosiyo uçun mintaqamizning çorrahasida bölgan Toşkent şahrida mobil ekotizimni qabul qilişdan mamnunmiz. Özbekistonda nafaqat mamlakatimizning gullab-yaşnaşiga hissa qöşadigan, balki mintaqamizning iqtisodiy ösişini tezlaştiradigan ulkan raqamlaştiriş dasturi mavjud. Biz buni amalga oşirişda mobil tarmoqning rolini qadrlaymiz. Biz GSMA va tadbirning mezbon homiysi Beeline Uzbekistan kompaniyasiga M360’ni poytaxtimizga olib keladigan uşbu hamkorlik uçun minnatdorçilik bildiramiz", — dedi Özbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov.
"M360 Eurasia ekotizimimiz uçun aloqa, raqamli xizmatlar va texnologiyalar yordamida ösişni qanday oşirişimiz mumkinligini örganiş uçun eng muhim mintaqaviy platformalardan biridir. Markaziy va Janubiy Osiyoning dinamik bozorlarida raqamli transformatsiyani amalga oşiriş imtiyoziga ega bölgan guruh sifatida biz uşbu muhim tadbirni Beeline Uzbekistan boş qarorgohi bölgan Toşkentga olib keliş uçun GSMA va Özbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlik qilişdan mamnunmiz," - dedi Beeline Uzbekistan direktorlar kengaşi raisi va VEON Group boş direktori Kaan Terzioglu.
"M360 Eurasia 2025’ning Toşkentda ilk bor ötkazilişi Markaziy Osiyoda raqamli transformatsiyani ilgari suriş borasidagi sa’y-harakatlarimizda muhim bosqiç böldi. VEON va Özbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga qöllab-quvvatlagani uçun minnatdorçilik bildiramiz. Tadbir barqaror iqtisodiy ösiş va raqamli inklyuzivlikni rağbatlantiriş uçun mobil aloqadan foydalanişning yangi usullarini örganadi, mintaqada innovatsiyalar va hamkorlikni rağbatlantiriş uçun platforma yaratadi," — dedi GSMA boş direktori Mats Granrid.












